Albatta bunday ijobiy o‘zgarishlar mamlakatning xalqaro imijiga ham ta'sir qilmay qolmayapti. O‘zbekiston 2018 yil AQShning diniy erkinlik bo‘yicha «qora ro‘yxati»dan, 2020 yilning dekabr oyida esa diniy erkinlik bo‘yicha «Maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati»dan (Special Watch List) chiqarildi.

2019 yil 2 avgust kuni prezident qarori bilan Qoraqalpog‘istonda joylashgan xalq uchun «ichkaridagi» qiynoqlarning ramzi va borsa kelmas deya ta'riflanadigan Jasliq qamoqxonasi yopildi, mahkumlar tayinlangan jazo turiga qarab boshqa qamoqxonalarga ko‘chirildi. Shuningdek, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi vakillari 2016 yildan O‘zbekistondagi qamoqxonalarda mahkumlarga kun tartibini buzmagan holda namoz o‘qish va ro‘za tutishga ruxsat berilganini ma'lum qildi.

O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik guruhlarga aloqadorlar, moyillik ko‘rsatganlar yoki adashib qo‘shilib qolgan kishilarning ro‘yxatini olib borish amaliyotiga chek qo‘yildi.

Umra ziyoratiga boruvchilar soni dastlab 2018 yilda 6 ming kishidan 10 ming kishiga oshirildi, 2019 yilga kelib umraga boruvchilar soniga qo‘yilgan cheklov butunlay bekor qilindi va ushbu muqaddas safarga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkinligi belgilandi.

Haj ziyoratiga boruvchilar soni ham 2017 yilda 5200 nafardan 7200 nafarga oshirildi. 2020 yil fevraldan Toshkent-Madina yo‘nalishida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga, Umra va Haj ziyoratlarini tashkil qilish uchun sayyohlik firmalariga ruxsat berilmayotgani ko‘pchilik tadbirkorlarni va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining noroziligiga