Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf haqidagi öz xotiralari bilan bölişdi. Bu haqdagi lavha «Özbekiston 24» telekanali efirida namoyiş etilgan.
«Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini juda hurmat qilardim, köp uçraşib yurardim. Şu odam juda köp kitob öqigan inson edi. Mening özim ular bilan muloqotda köp bölganman. Ular «Kitob öqimagan odamning ruhiyati ham, kelajagi ham, umidi ham yöq», derdilar. U odam arab tilini juda mukammal bilar edi. Albatta, Imom Al-Buxoriy, Moturidiy, At-Termiziy haqida gapiramiz. Lekin mustaqil Özbekistonga ham şunday odam juda kerak bölgan, bu odam juda aqlli bölgan. Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari idorasining raisi, muftiy lavozimida işlaganlar. Öşa paytda Sobiq Ittifoqdan Hajga eng köpi bilan 20 inson borgan, lekin Örta Osiyo va Qozoğistondan 1990 yilda 500 nafar musulmonni Özbekistondan jönatişga özlari harakat qilgan. 90-yillari Saudiya podşohligiga özi borib, 1 millionta Qur'onni olib keltirgan. Hayot beşafqat böladi deganlaridek, u odamga ham tuhmat, ğiybatlar köp bölgan. 1993 yilda u odam köçib ketişga majbur böladi. Saudiya Arabistonida yaşaganlar, keyin 1994 yil Liviyaga borib, 2001 yilgaça öşa yerda musofirçilikda yaşab, köp kitoblar yozganlar.
Öqing: Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf amerikalik şifokorni qanday etib mot qilgan edilar?
Oçiğini aytsak, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga öxşagan buyuk odamlar hozir yetişmayapti. Qur'onni öqigan va uni ilmiy bilgan odam heç qaçon kam bölmaydi. U odamning bilganini ança-munça odam bilmasdi. Bundan taşqari, u odam kam uxlab, köp yozib, öqir edi. Har kuni ikki soat sport bilan şuğullanar edi. Biz mana şunday buyuk odamlarimizni tarannum qilsak kam bölmaymiz. Kitoblarni arab, fors tillaridan özbek tiliga tarjima qildirgan odam ular. Qani bizda hozir şunaqalar? Menga köp niyat qilar edilarki, «Qani endi bizning davlatda ham yaxşi masjid bölsa-da, nurli islomni men tuşuntirsam», deb. Şuning uçun yangi barpo etiladigan masjidga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi beriladi, u yerda muzey taşkil qilinadi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Eslatib ötamiz, 9 fevral kuni Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Çilonzor tumanida barpo etiladigan masjidga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilişi xabar qilingandi. Davlat rahbari Toşkent şahridagi bunyodkorlik işlari bilan tanişuvi jarayonida mazkur masjid maydoniga ham taşrif buyurgandi.








