«Sönggi bir yil içida hukumatlari erişgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, Sudan va Özbekiston maxsus kuzatuv röyxatidan çiqarilganligini e'lon qilişdan mamnunman. Ularning qonunlari va amaliyotdagi jasoratli islohotlari boşqalar uçun örnakdir», - deyiladi Maykl Pompeoning xabarida.
Özbekiston 2018 yilda diniy erkinlik böyiça alohida xavotirdagi mamlakatlar röyxatidan çiqarildi. Mamlakat 2006 yildan beri uşbu röyxatda qolib kelayotgandi.
Xabarda aytilişiça, AQŞ diniy erkinlikning buzilişi sababli Tojikiston va Turkmanistonni alohida taşvişga sabab bölayotgan davlatlar qatoriga kiritgan.
Qora röyxatga Birma, Eron, Xitoy, Şimoliy Koreya, Nigeriya, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Eritreya ham kiritilgan. Uşbu mamlakatlar 1998 yilgi Xalqaro diniy erkinlik töğrisidagi qonunga binoan «diniy erkinlikning muntazam va qöpol ravişda buzilişi» tufayli alohida xavotirga sabab bölmoqda, dedi Davlat departamenti rahbari.
Rossiya, Komor orollari, Kuba va Nikaragua maxsus kuzatuv röyxatiga kiritilgan, çunki uşbu mamlakatlar hukumatlari «diniy erkinlikni jiddiy buzgan», deya tuşuntirdi AQŞ Davlat departamenti.
Pompeoning xulosa örnida ma'lum qilişiça, AQŞ «butun dunyo böylab diniy sabablarga köra yuz berişi mumkin bölgan ta'qiblarni töxtatiş uçun tinimsiz harakat qilişda davom etadi».

















