Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 yanvar, juma kuni Toşkentdagi Islom tsivizilatsiyasi markaziga taşrif buyurdi.
Rasmiy relizga köra, bino loyihasi, içki va taşqi dizayni, muzey ekspozitsiyalari mazmuni böyiça dunyoning yetuk olimlari, islomşunos va san'atşunoslari bilan fikrlaşilgan. Taşrif çoğida şu konsepsiya taqdimot qilindi.

«Bugun bu yerga kelişimdan maqsad – muqaddas dinimizning ezgulik, insonparvarlik dini ekanini, ma'naviyatga, ilmga undaşini, ota-bobolarimiz bunga beqiyos hissa qöşganini tasdiqlovçi ilmiy natijalarni köriş va yangi tadqiqotlarga zamin yaratiş.
Hozir mahobatli bino quriş oson bölib qoldi. Mana, bobolarimizga munosib bino qurdik. Endi bobolarimizga munosib ilmiy muhit yaratişimiz kerak», – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari yana bir bor uçinçi renessans haqida gapirdi.
«Köpçilik öylaydi: nima uçun prezident ikkita renessansni esladi, deb. Bu – ğoya, kelajakdagi maqsadimiz. Mamlakatimiz intilayotgan marralar uçun tariximizdan ruhiy kuç olişimiz kerak-ku! Bu markaz uçinçi renessans poydevoridan biri bölişiga umid qilamiz. Çunki u ilmiy, dunyoviy, zamonaviy markaz böladi», – dedi u.

Markaz ekspozitsiyalari böyiça aholi fikrini ham örganiş, şu maqsadda tanlov e'lon qilib, eng yaxşi ğoya va takliflarni aks ettiriş zarurligi ta'kidlandi.
«Yurtimiz zaminidan juda köp olimlar, muhaddislar, avliyolar yetişib çiqqan, ularning merosi undan ham köp. Lekin tan oliş kerak, bu katta manbani çuqur örganmadik. Şuning uçun bu markaz qanday buyuk elligimizni yana bir bor ilmiy asoslab, xalqçil tuşuntirib beradigan bölişi kerak. Bu yerda milliy ğoya jöş urib turişi zarur. Markazga kelgan odamlarda, yoşlarimizda ruhiy kuç, ruhiy işonç paydo bölişi kerak», – ta'kidladi prezident.

UNESCO, ISESCO kabi xalqaro taşkilotlar, ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi qayd etildi.




















