Bugun, 2 dekabr kuni «Hilol naşr» naşriyot-matbaasida çop etilgan Muşafi şarifning yangi 20 ming adaddagi naşri butun Özbekiston böylab sotuvga çiqarildi.

Naşriyot mas'ul xodimining ma'lum qilişiça, bugun sotuvga çiqarilganlarini ham qöşib hisoblaganda, mustaqillik yillarida Özbekistonda çop etilgan muşaflar soni jami 155 mingtaga yetgan.

Ulardan 80 mingtasi Dorus Salom nusxasi, 55 mingtasi Dorul Ğavsoniy nusxasi va 20 mingtasi Salsabil nusxasida çop etilgan. Bugun sotuvga çiqarilgan 20 ming adaddagi muşaflar ham Dorus Salom nusxasi asosida çop etilgan.

«20 ming adadda Dorus Salom nusxasi asosidagi muşaflarni sotuvga çiqardik. Bu muşaflar çetki qismida har 5 pora uçun, şuning pastki qismida har pora uçun alohida qizil belgilar qöyilgan. Bundan taşqari, har sahifada suralar nomi ham yozib çiqilgan», – deydi «Hilol naşr» boş musahhihi Ğiyosiddin Yusuf.

Naşriyot vakillarining aytişiça, pandemiya munosabati bilan bu safar kitoblarning sotuvga çiqarilişi haqida oldindan e'lon berilmagan. Çunki avvalgi safarlar kabi katta navbatlar va ovoragarçiliklar yuzaga kelişi mumkin edi, deydi naşriyot xodimi.

Muşafi şarifning narxi 35 ming söm bölib, 2 dekabr kuni köpçilik kitobxonlarning talab va istaklarini e'tiborga olgan holda naşriyotning barça dökonlari 20:00gaça işlaşi ma'lum qilindi.

Ma'lum bölişiça, «Hilol naşr» naşriyoti endi har 3 oyda yangi muşaflar çop qilib, taqdim qilişni rejalaştirmoqda.