Çilonzor tumanidagi Sögalli ota ziyoratgohi yonida Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilişini boşlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgan edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev ötgan yili fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va körkam qilib quriş böyiça topşiriqlar bergan edi. 

Bugun 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon örni ham masjid binosiga qöşilib, yanada kengaytirildi. Majmuadan, şuningdek, konferens-zal, öquv xonalari, tahoratxona, muzey va boşqalar joy olgan. Yöl böyidagi Sögalli ota maqbarasi ta'mirlangan. Beton qoldiqlari çiqarib taşlanib, kökalamzorlaştirilgan, deya xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Ma'lumki, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Örta Osiyo va Qozoğiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy bölgan. Turli diniy-ma'rifiy mavzularda yuzdan ziyod kitoblar yozib, islom dini mohiyatini töğri yetkaziş, odamlarning bilim va ma'naviyatini oşirişga katta hissa qöşgan.

Prezident bu masjid Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bölganini ta'kidladi. Şayx hazratlarining ilmiy merosini örganiş, ma'rifat va odob-axloq mavzularida köproq kitoblar çop etiş, jamiyatimizdagi ma'naviy muhitni mustahkamlaş böyiça tavsiyalar berildi.