Özbekiston hukumatining «Haj» va «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi qaroriga özgartiriş kiritildi.

Kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, «Umra» safariga çeklanmagan miqdorda ziyoratçilar borişi mumkin böladi.

Ilgarigi tartibga köra, «Umra» safariga borişi mumkin bölgan ziyoratçilar kvotasi har yili ön ming kişi etib belgilangan edi.

Bundan avvalroq Din işlari böyiça qömita rais örinbosari Nuriymon Abdulhasan ham Özbekistonda Umra safariga boruvçi ziyoratçilarning sonini belgilaş böyiça (kvota) çeklovlar olib taşlanayotgani haqida ma'lumot bergandi.

U avvallari uzoq navbat kutib umra ziyoratiga borgan fuqarolar 13 650 000 söm miqdorida pul tölagan hamda ularga Makka va Madina şaharlarida yaratilgan şart-şaroitlar bugungi kunda taklif etilayotgan xizmat turidan ança past va qimmat bölgani haqida aytib ötgan va endilikda umra safariga bormoqçi bölgan har-bir fuqaro uçun tölanadigan mablağ qiymati 5 804 000 söm (boriş-keliş aviaçiptasidan taşqari)  miqdorda arzon bölişiga erişilgani haqida ma'lumot bergandi.