“Prezidentimiz boşidan bu masala böyiça töğri yönaliş berdilar. Hozirgi kunda vaksinatsiya boşlangan har bir punktda eng kamida ikkitadan vaksinani taklif qilyapmiz. Bu yil pandemiya bilan kuraşiş uçun 3 trillion sömdan ortiq mablağ ajratib berilgan.

Biroq, bu masalaga alohida e'tibor qaratişimiz lozim. Barqarorlikka erişilişi, mutaxassislarning tavsiyasi bilan töy va ma'rakada qatnaşuvçilar sonini 100 kişigaça oşirdik. Hattoki, ba'zi rahbarlar ham 100 kişi mumkin ekan deb, töylarni 200-300 kişilik qilib ötkazyapti. Davlat boşqaruv idoralarida rahbar lavozimlarida işlayotganlarning özi şuni qilyapti. Şunday ma'lumotlar ham yöq emas. kerak böladigan bölsa, aynan şu deb lavozimidan ketadi. 

Kuni keça prezidentimiz şu böyiça juda qattiq e'tiroz bildirdilar. Bir-ikki rahbar karantin talablariga rioya qilmagani uçun ham işdan ketadi. Keçirasizlar-ku, oldin töylarni töxtatişgaça borgan bölsak, hozir ham qilamiz şu işni. Xalq salomatligi uçun qilinadi şu narsa”, dedi boş vazir. 

Bundan oldin, Abdulla Aripov tibbiy niqobsiz yurgan fuqarolarni keskin tanqid qilgandi.

“Hududlarga bölgan taşrifda yoki Toşkent şahrida mahallabay amalga oşirilayotgan işlarni örganiş uçun taşkillaştirilgan monitoring tadbirlarida özim körib hayron bölib qoldim. Özimiz ham tibbiy niqob taqib bordik, ammo u yerda yurgan biron kişi tibbiy niqob taqib yurganini körmadim. Şunçalik ham befarq böliş mumkinmi? Keçirasizlar-ku, odam yoqasini uşlaydi. Bu kasallik xuddi elektr tokiga öxşaydi, hidi ham, rangi ham, mazasi ham yöq, odamni ham tanlab ötirmaydi”, dedi u.