World Population Review veb-saytida e’lon qilingan 2023 yilgi saxovat indeksida Özbekiston 124 davlat orasida 25-örinni egalladi.

The World Giving Index - bu davlatning xayriya faoliyati darajasini monitoring qiluvçi indeks. U 2010 yilda Angliyaning Charities Aid Foundation kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Reyting Amerika Gellap instituti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida tuziladi. 

Ma’lumotlar şahar aholisi örtasida ötkazilgan sörovlar natijalariga asoslangan bölib, pul mablağlarini xayriya qiliş, xayriya tadbirlarida iştirok etuvçilar miqdori (%), şuningdek, mamlakat aholisining xayriya va köngillilar faoliyatiga umumiy munosabatini hisobga oladi. Şuningdek, ehtiyojmandlarga pul yordamidan taşqari boşqa kömak turlari ham inobatga olinadi. 

Mamlakat reytingda qançalik yuqori bölsa, xayriya işlariga şunçalik köp odamlar jalb qilingan hisoblanadi. 

Şu asosda indeks ma’lumotlariga köra, Özbekiston aholisining 35 foizi xayriya qiladi, 54 foizi begonalarga yordam qölini çözadi va 33 foizi köngillilik bilan şuğullanadi. 

Özbekistonda xayriyaning umumiy darajasi 41 foizni taşkil etadi - bu dunyo reytingida 25-örin. 

Reytingda birinçi örin AQŞ va Myanma fuqarolariga tegişli - 58%. Şuningdek, Yangi Zelandiya (57%), Avstraliya (56%) va Irlandiya (56%) yuqori beşlikka kirgan. 

Eng quyi örinlarni Yaman (17%), Gretsiya (16%) va Xitoy (16%) egallagan.