Prezidentning “Transport sohasida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Transport vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Özbekiston temir yöllari” AJning Toşkent temir yöl muhandislari instituti, Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi instituti va Toşkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida Toşkent transport universitetini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Belgilab qöyilişiça:
Universitet transport sohasi uçun oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça tayanç oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi;
Universitet tasarrufi böyiça Transport vazirligiga idoraviy böysunadi;
Universitet Toşkent temir yöl muhandislari instituti, Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toşkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakultetining barça huquqlari va majburiyatlari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi;
Universitet Toşkent şahar, Odilxöjayev köçasi, 1-uyda joylaştiriladi.
Universitetning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
transport sohasining ehtiyojlaridan kelib çiqib, xalqaro standartlar va ilğor ta’lim texnologiyalarini qöllaş asosida oliy ma’lumotli raqobatbardoş mutaxassislar va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;
transport sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, sohaning ilmiy muammolari böyiça fundamental, amaliy va innovatsion izlanişlar olib boriş va natijalarini amaliyotga joriy etiş;
öquv rejasi va fan dasturlarida sohaning zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va ilğor texnologiyalar böyiça bilimlarni aks ettiriş, ta’lim beriş jarayonida nazariya va amaliyot birligini ta’minlaş orqali universitet bitiruvçilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoşligini oşiriş;
fan, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini ta’minlaş;
qöşma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etiş, professor-öqituvçilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning xorijda malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etiş hamda bitiruvçilarning magistratura, aspirantura va doktorantura dasturlari böyiça tahsil olişlarini ta’minlaş maqsadida xorijiy yetakçi oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş;











