«Kadrlarni tanlaş va joy-joyiga qöyiş jarayoniga yangiça, zamonaviy yondaşuvlar joriy etiladi. Kadrlar davlat xizmatiga tanlov asosida qabul qilinadi, ular uçun uzluksiz malaka oşiriş, natijadorlikni baholaş va lavozim böyiça kötariliş mezonlari belgilanadi.
Bundan buyon har bir hudud, soha va tarmoq faoliyatiga ularda fuqarolarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlari qanday ta'minlanayotganiga qarab baho beriladi.
Şu munosabat bilan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan da'vatga qöşimça qilib aytmoqçiman: “Rahbarlar faqat davlatga emas, avvalo, inson va oilaga, ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlaşga xizmat qilişi kerak”.
Şuning uçun har bir mutasaddi mahalla va tuman hayotini ipidan ignasigaça bilişi şart! Uluğ ajdodlarimiz aytganidek, rahbar xalqqa yuk bölmasligi, aksinça, xalqning yukini yelkasiga olişi kerak. Agar qaysiki rahbar, davrning bu ötkir talabini tuşunmasa, ularni endi xalqimiz ham, hayotning özi ham qabul qilmaydi.
Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oşirişda xalq vakillari bölgan deputat va senatorlar alohida muhim örin tutadi. Oliy Majlis faoliyatini yanada takomillaştiriş, xalqimiz kutayotgan, Yangi Özbekiston taraqqiyotini tezlaştirişga xizmat qiladigan qonunçilik konsepsiyasini işlab çiqiş va hayotga tatbiq etiş, qonun ijodkorligi faoliyatini demokratlaştiriş va ularning ijrosini ta'minlaşga qaratilgan parlament nazoratini kuçaytirişga ustuvor ahamiyat beriladi. Bu borada parlament tomonidan mamlakatimiz böyiça murojaatlar bilan işlaş holati nazoratga olinadi.
Joylardagi ijro idorasi rahbarlari hisobotini eşitiş va uning natijasiga muvofiq, ularga nisbatan ta'sirçan çoralar köriş amalga oşiriladi.
Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasidan kelib çiqib, jamiyat va davlat boşqaruv tizimi ayrim rahbarlarning sub'yektiv nuqtai nazariga, sodda qilib aytganda, ularning qoş-qovoğiga qarab emas, aksinça, mustahkam huquqiy mezonlarga ega bölgan institutlar faoliyati orqali amalga oşirilişi zarur.
Bu borada oldimizda turgan yana bir muhim masala – Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari hamda hokimlarning vakolatlarini aniq belgilaşga oid qonuniy asoslarni yaratiş vaqti keldi, deb öylayman.
Fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyat yuritişi, davlat va jamiyat boşqaruvida faol iştirok etişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, ularni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş e'tiborimiz markazida böladi.
Şu maqsadda, Jamoatçilik palatasini taşkil etiş işlari jadallaştiriladi. Jamoatçilik nazorati, davlat boşqaruvi va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etişda fuqarolik jamiyati institutlari iştirokini kuçaytirişga doir dolzarb vazifalar amalga oşiriladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident: «Rahbar xalqqa yuk bölmasligi, aksinça, xalqning yukini yelkasiga olişi kerak»
17:17 / 06.11.202113 8663 min
Senat binosida saylangan prezident Şavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bölib ötmoqda. Kun.uz muxbiri xabariga köra, Şavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq sözlamoqda.








