Alan Abdullayev Magnitogorskdagi qurilişda işlaydi, sport bilan şuğullanadi. 31 dekabr kuni erta tongda u namoz öqişga tayyorgarlik körayotgandi. Öşanda, mahalliy vaqt bilan soat 06:00lar atrofida turar joyda portlaş sodir böldi. Yigit özini yöqotib qöymadi va FVV xodimlari kelişidan oldin sakkiz kişiga vayronalar ostidan çiqişga yordam berdi, deb xabar qilmoqda Life.

Yigit darhol kiyimlarini özgartirib, köçaga yugurib çiqqan. U odamlarni vayronalar ostidan çiqarib olişni boşlab, yonayotgan va qulaşi mumkin bölgan kvartiralardan kişilarni çiqargan. Şu tariqa u sakkiz kişining hayotini saqlab qoldi. Alan hali ham har kuni fojia joyiga köngilli sifatida borib, qutqaruvçilarga yordam bermoqda.

«Namoz öqişga tayyorgarlik körayotgandim. Portlaşni eşitdim. Kiyimimni darhol özgartirdim. U yerda odamlar turgandi - heç kim yaqinlaşmadi. Men u yerdan bolali ayolni çiqarib oldim, söng yana kimnidir. Keyin tepaga kötarildim. Taxminan 20-25 daqiqadan söng FVV xodimlari yetib keldi. U yerda bir kişini kutib turdim, ismi - Jyenya. Jyenya bilan yonğin bölayotgan joyga çiqdik. Keksa yoşli ayol tirik ekan, uni ham olib çiqdik. Ular kelişganida, men vayronalar ostida odamlar bölişi mumkin bölgan joyni körsatdim», - deydi yigit.

Foto: Life

«Sakkiz kişiga yordam berdik: ikki insonni FVV xodimlarining yordamisiz çiqarib oldik, bolali ayol va ayol yonidagi kişi, yana uç kişi», - deya qöşimça qiladi Alan.

«Men odamlarni topganimda, u yerda yonğin yuzaga kelgandi. Men öta olmadim. Menga öt öçirgiç berişdi. Öçirib, içkariga kirdim, kimnidir tirik holda topdim. Şundan keyin kirib-çiqişni boşladim. Bu biroz qörqinçli edi, lekin men yordam berişga harakat qildim», - deya xulosa qilgan A.Abdullayev.

Eslatib ötamiz, avvalroq Magnitogorskda uy qisman qulaşi oqibatida halok bölgan barça 39 kişining şaxsi aniqlangani xabar berilgandi.