Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
Bu qonun bekor qilingach, Toshkent propiskasiga o‘tish uchun uy sotib olish kerak degan talab o‘z kuchini yo‘qotadi – doimiy ro‘yxatga olish bo‘yicha boshqa hududlarda qanday tartib bo‘lsa, Toshkentda ham shunday tartib amal qila boshlaydi. Shuningdek, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda xabardor qilish tartibi joriy etiladi.
Foto: Kun.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” farmon imzoladi.
Farmon bilan, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun bekor qilinadigan bo‘ldi.
Bu qonunga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faqat 12 toifadagi shaxslar doimiy propisaga qo‘yilishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi 2 oy muddatda bu qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishi kerak.
Bundan tashqari, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda xabardor qilish tartibi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligiga bir oy muddatda bu borada yangi mexanizmlarni nazarda tutuvchi prezidenti farmoni loyihasini taqdim etish yuklatildi.
Bulardan maqsad – yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 32-moddasida belgilangan mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqi to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashdir.
Mavzuga oid
10:38
Toshkentdagi “Dna motors” avtosaloni mansabdorlari qamoqqa olindi
23:28 / 11.02.2026
Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar bo‘yicha shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi
12:58 / 11.02.2026
Toshkentda ijaradagi uyda narkolaboratoriya tashkil qilgan talaba qo‘lga olindi
16:44 / 07.02.2026