Bo‘kada tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 6 yildan 8,5 yilgacha qamaldi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tergovga jalb qilingan gumondor – 36 yoshli fuqaroga qiynoq qo‘llanib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan 4 nafar IIB xodimi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Ularning biri Bo‘ka tumani IIB JQB boshlig‘i, ikki nafari shu bo‘limning katta tezkor vakili, yana biri esa profilaktika inspektori lavozimida ishlagan. 1 dekabr kuni chiqarilgan sud hukmi hali qonuniy kuchga kirmagan.

Foto: Toshkent viloyati sudi axborot xizmati
2023 yilning 3 iyun kuni Yuqori Chirchiq tumanida yashagan, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro bir qator o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etishda gumonlanib ushlangan va Bo‘ka tumani IIBdagi “Fuqarolarni vaqtincha saqlash xonasi”ga joylashtirilgan. Shu kuni soat 23:30da gumonlanuvchining sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli tez-tibbiy yordam xizmati chaqirtirilib, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan kasalxonada vafot etgan.
Aniqlanishicha, 3 iyun kuni soat taxminan 22:00 da gumonlanuvchi Bo‘ka tumani Jinoyat qidiruv bo‘limining tezkor xodimlari tomonidan protsessual tartib buzilgan tarzda maxsus so‘rov xonasiga emas, balki xizmat xonasiga olib chiqilib, u bilan boshqa jinoyatga aloqadorligi bo‘yicha surishtiruv o‘tkazilgan. Jarayonda fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, keyinchalik o‘limi yuz bergan. Tayinlangan birlamchi sud-tibbiy ekspertizasining tashxisiga ko‘ra fuqaroning tanasida tan jarohatlari borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqeaga aloqador bo‘lgan 2 nafar tezkor xodim hibsga olingan.
Mazkur ish ortidan xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir qator IIB mas’ullari lavozimdan olingan. Bundan tashqari, mazkur salbiy holatga aloqador bo‘lgan tezkor xodimlar ichki ishlar organlari tizimidan bo‘shatilgan.
Dastlabki ekspertiza xulosalari IIB xodimlari marhumning qorin sohasiga urgani va bo‘yin qismidan bo‘g‘ib qiynaganini ko‘rsatgan.
Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotda keltirilishicha, marhumda ko‘krak qafasi chap tomonlama 5-qovurg‘aning to‘sh sohasiga birikib, yopiq sinishi, atrof to‘qimalariga qon quyilishi, qorin parda osti, ingichka ichak va ichak tutqichlariga ko‘p miqdorda qon quyilishlari, bo‘yinning qalqonsimon tog‘ay va til osti suyagi sohalari to‘qimalariga qon quyilishi kabi jarohatlar aniqlangan.
2023 yil 1 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq tumani sudida IIB xodimlariga hukm o‘qildi.
Hukmda ko‘rinishicha, fuqaroning o‘limida 4 nafar xodim aybdor deb topilgan. Ular – Bo‘ka tumani IIB JQB boshlig‘i bo‘lgan 37 yoshli J.S., bo‘limning tezkor vakillari – 38 yoshli D.J. hamda 31 yoshli Sh.G‘., shuningdek, Bo‘ka tumani IIB profilaktika inspektori, 31 yoshli S. T.
Hukmda J.S., D.J., Sh.G‘. va S.T. sudda ularga nisbatan e’lon qilingan aybga iqror bo‘lmagani, ammo ularning mazkur jinoyatni sodir etganlikdagi ayblari sud majlisida so‘roq qilingan jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatmalari, ekspertiza xulosalari bilan o‘z tasdig‘ini topgani yoziladi.
Sud hukmi bilan J.S.ga 7 yil, D.J. va Sh.G‘.ga 8 yil 6 oydan va S.T.ga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Shuningdek, sudlanuvchilarning barchasi 3 yil muddatga ichki ishlar organlari tizimida ishlash huquqidan maxrum qilingan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyadagi «chet el agentlari» ro‘yxati jurnalistlar va blogerlar bilan to‘ldirildi
Jahon | 13:33
-
Sudyalik lavozimida ishlaydigan ayollar ulushi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:10
-
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti
Jahon | 13:03
-
Burger King yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi
O‘zbekiston | 13:00
Mavzuga oid

19:44 / 16.04.2025
Kasanachi oilalarning 5 yillik mehnatini tortib olishmoqchi. Oilalar haq-huquqi uchun kurashmoqda

18:18 / 11.02.2025
Shovotda profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi

21:03 / 31.01.2025
«Antiterror-tozalash» tadbirlarida 169 nafar shaxs qamoqqa olindi

16:03 / 25.01.2025