Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston aholisi soni haqida yangi ma'lumot berildi
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 33254,1 ming kishini tashkil etib, 2018 yilda 597,4 ming kishiga yoki 1,8%ga o‘sdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Jumladan, shahar aholisi soni 16805,0 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5%), qishloq aholisi soni 16449,1 ming kishini (49,5%) tashkil etgan.
2018 yil yanvar-dekabr oylarida aholi soni 597,4 ming kishiga ko‘paydi. Tirik tug‘ilganlar soni 768,3 ming nafarni tashkil etdi, 154,7 mingta vafot etganlar qayd etildi. FHDYo bo‘limlarida 311,4 mingta nikoh va 32,3 mingta ajralishlar ro‘yxatga olingan.
Aholi zichligi bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatganki, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 1 kv.km.ga 74,1 kishi, aholining eng zich joylashuvi Andijon (1 kv.km.ga 713,2 kishi), Farg‘ona (544,8 kishi), Namangan (370,0 kishi) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, aksincha holat Navoiy viloyati (8,8 kishi) va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (11,2 kishi) to‘g‘ri kelmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvar holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,3%i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59,5%i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,2%i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
10:25 / 06.07.2026