Toşkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasiga rahbar bölişi kutilmoqda. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbasi tasdiqladi.
Şuningdek, saytning hukumatdagi manbalari ijtimoiy tarmoqlarda Davron Hidoyatov Toşkent şahriga hokim bölib kelişi, şaharning amaldagi hokimi Jahongir Ortiqxöjayev esa hukumatdagi böş lavozimlardan biriga kötarilişi haqida tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ham bildirdi.
Ayni vaqtda Toşkent viloyat hokimligi majlislar zalida faollar yiğilişiga tayyorgarlik körilmoqda. Yiğilişda Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov iştirok etib, Davron Hidoyatov lavozimdan ozod etilişi va Qaşqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zoyir Mirzayev Toşkent viloyatining yangi rahbari etib tayinlanişi kutilmoqda.
Ayrim manbalarga köra Hidoyatov Toşkent viloyati Çirçiq şahri hokimi lavozimiga tuşirilişi ham mumkin.
Eslatib ötamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisligi şu yilning 24 avgust kuni Alişer Maqsudovning işdan olinişi ortidan böş qolmoqda.













