Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar orasida onkologik kasalliklar köpligining sabablaridan biri sifatida ular tandirda non yopmay qöyganini körsatdi.
«Mahallalarga borganda, mahalla aylanamiz. Tandir yöq. Non yopmaymiz. Çiroyli qilib haligi makka unidan qöşib, qora buğdoyni qöşib, qora non qilib berardi, u boşqaça edi. Çiroyli qilib xöjayinlarni ham aççiq bulkaga örgatib oldik. Men Samarqandda işlaganimda koreyalik dostor keldida, ayollarda saratonning köpayiş sabablarini tahlil qildi. Nimaga köpayyapti, bu saraton kasalligi? 7-8 ta narsani yozgan. Kam harakatlilik birinçi örinda turibdi. Törtinçi faktor — tandirda non yopmaslik degandi. Tandirda non yopgan ayolda rak kasali bölmaydi. Sababi tandirning oldiga borganda organizm qiziydi, keyin qon ikki barobar tez aylanarkan organizmda. Şuning tezligida qon tomirlarni tozalab taşlarkan. Qon iflos bölsa, qaysidir bezga mikrob qöşilib, sekin-sekin bezlar uyğonadi-ku. Bu faktorlardan bittasida. Şuni yöqotdik-da bizlar», — dedi Mirzayev.












