Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Dalada paxta yonib ketsa ham tekkizdirmayman». Mirziyoyev majburiy mehnatni tilga oldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjyetga qo‘shimcha tushumlarni ta'minlash, qishloq xo‘jaligida g‘o‘za parvarishi, g‘alla o‘rimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq bugungi kunda g‘oyat dolzarb bo‘lib turgan masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Byudjyet tashkiloti hech qachon paxtaga tegmaydi, dalada paxta yonib ketsa ham tekkizdirmayman. Kimga kerak paxta? Korxonaga kerak. Qaysi korxona? Qayta ishlaydigan. O‘zini odamlari, o‘zi borib, pul to‘lasin, o‘zi yig‘sin. Abdulla Ne'matovich, sizga bir oy muddat. O‘tgan yili qancha qiynaldik. Butun dunyo hozir bolalar mehnati deb, o‘zimizni o‘zimiz ahmoq qilib yurganmiz. Qayerga bormasak, bolalar mehnati. Undan 2-3 milliard foydami, yoki undan ko‘ra obro‘ni, siyosatimizni joyiga qo‘yish kerakmi. Shuning uchun bir oy muhlat, o‘tgan yilgi tajribani qo‘llash lozim. Hech qanday, bironta bolalar mehnati, majburiy mehnat kerak emas. Mana qancha to‘qimachilik kombinatlarimiz bor, o‘zlari borib, o‘zini paxtasini o‘zi terib olaversin.
Mana klaster qilyapmiz, og‘ir damlardan o‘tib olishimiz kerak. Hozir bizga do‘stlar ham ko‘p, lekin dushmanlarimiz ham ko‘p. Aytmoqdamanku, har kuni bitta maqola chiqyapti. Toshkent hech qayerga bormaydi, Toshkentning o‘zini yo‘li bor!», - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
09:10 / 11.01.2026
Navbatchi ustozlarga ish haqi va Boysunda neft buloqlari - hafta dayjesti
17:27 / 09.01.2026
Respublika bo‘yicha navbatchilikka chiqqan o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lanadi – manba
16:35 / 05.01.2026
Buvaydadagi maktabda o‘qituvchilar tun-u kun navbatchilikda turishga majburlanyapti
18:07 / 17.12.2025