O‘zbekiston | 15:10 / 29.08.2022
9049
5 daqiqa o‘qiladi

IT Park University hujjatlarni 20 sentabrgacha qabul qiladi va 2023 yil fevral oyidan boshlab 1-kursga kirish uchun tayyorgarlik semestrini boshlaydi

Foto: IT Park University

Kuzgi semestr uchun hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 20 sentabrgacha davom etadi. Tayyorgarlik dasturi ingliz tili darajasi kirish va muvaffaqiyatli o‘qish uchun yetarlicha yuqori bo‘lmaganlar uchun mo‘ljallangan. Uni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan talabalar 2023 yil fevral oyida IT Park Universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi.

29 avgust, Toshkent shahrida IT Park Universiteti Prezident topshirig‘i asosida ITPU Foundation Studies’ga qabulni boshladi. Bu bo‘lajak talabalarga ingliz tilini bilish darajasini oshirishga yordam beradigan, shuningdek, ularni muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydigan tayyorgarlik semestri. Dastur akademik ingliz tili, matematika, IT asoslari, shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.

Universitetning Ochiq eshiklar kunida universitet direktori Bahodir Ayupov shunday deydi:

"Kurs g‘ayrat va shijoatli, ammo kam tayyorgarlik ko‘rgan abituriyentlar uchun tashkil etilgan. Agar sizning ingliz tilini bilish darajangiz IT Park Universitetiga kirish uchun hali yetarli bo‘lmasa va siz o‘qishga kirish imkoniyatini bir yilga yo‘qotishni istamasangiz, unda universitetgacha bo‘lgan kurs - ITPU Foundation Studies’ga yoziling. Ta’lim onlayn formatda bo‘lib o‘tadi va kelgusi yilning fevral oyida siz universitetning to‘laqonli talabasi bo‘lishingiz va talabgir hamda yuqori maoshli IT mutaxassisligini olishni boshlashingiz mumkin”.

Talaba til darajasini A2 (asosiy)dan B1 (o‘rta) darajaga ko‘tarishi universitetga kirishni kafolatlaydi. O‘qitish ingliz tiliga bosqichma-bosqich o‘tish bilan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

ITPU Foundation Studies’ga hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 20 sentabrgacha davom etadi. Kursning davomiyligi — 4,5 oy. Qiymati — 5,6 million so‘m, IT Park Universitetining bo‘lajak talabalari uchun 710 ming so‘m chegirma amal qiladi, shundan kelib chiqib, belgilangan sanadan oldin hujjat topshirgan abituriyentlar uchun universitetgacha bo‘lgan kurs uchun o‘qish narxi 4 890 000 so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, 2022 yil 20 sentabrgacha ITPU Universitetiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda:

  • Web Developer;
  • Networks Engineer;
  •  Software Tester;
  • Backend Developer (Jawa);
  • Mobile Developer (Android);
  • FrontEnd Developer;
  •  QA Engineer;
  • Big data engineer;
  • Cyber Security.

ITPU Universiteti IT Park va dasturiy ta’minot ishlab chiqishda dunyoning yetakchilaridan biri bo‘lgan - EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha 20 yillik tajribasiga asoslanib, EPAM ta’lim dasturlari dunyoning o‘nlab mamlakatlarida muvaffaqiyatli joriy etildi va AQSh, Litva, Ukraina litsenziyalariga ega bo‘ldi. Va nihoyat, endi EPAM O‘zbekistonda ham universitetni ishga tushirdi.

IT Park Universitetida o‘qish bir qator muqobil ta’lim muassasalariga qaraganda ancha arzon. Yillik shartnoma qiymati 9 million so‘mdan boshlanadi va darslar EPAM xalqaro kompaniyasi jamoalarining amaliyotchi muhandislari tomonidan olib boriladi. Muvaffaqiyatli natijalar ko‘rsatgan talabalar EPAM va boshqa IT Park rezident kompaniyalarida amaliyot va ish bilan ta’minlanadilar. Talabalar, xohishlariga binoan, EPAM oliy ta’lim dasturlari joriy qilingan har qanday mamlakatda o‘qishni davom ettirish, shuningdek, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadigan xalqaro kompaniyaning jamoalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishlari rejalashtirilgan.

3 yillik o‘qishni tugatgandan so‘ng, bitiruvchilar davlat tomonidan berilgan bakalavr darajasi diplomiga ega bo‘ladilar. ITPU diplomi bizning bitiruvchilarimiz murakkab IT muammolarini hal qilishda amaliy ko‘nikmalarga ega ekanligini va xalqaro loyihalarda ishlashga tayyorligini tasdiqlaydi.

IT Park Universitetida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari mavjud. Masalan, xotin qizlarga Prezidentning 07.18.2022 yildagi 323-sonli qarori asosida foizsiz ta’lim krediti hisobidan o‘qish imkoniyati beriladi.

IT Park Universiteti va ITPU Foundation Studies’ga kirish haqida batafsil ma’lumotni quyidagi raqamga murojaat qilish orqali olishingiz mumkin +998 55 503 99 99

Website: itpu.uz

Instagram: @itpu_uz

Facebook: fb.com/ITPU

Telegram: t.me/itpu_uz

Telegram-bot: t.me/itpu_bot

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid