Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islohiyada bir kun: bir ayol vayronalar ostidan tirik olib chiqilgan
Kun.uz muxbiri Sardorbek Usmoniy Turkiyaning ziziladan zarar ko‘rgan Islohiya shahrida bo‘lib turibdi.
G‘oziantep viloyatidagi Islohiya shahri ham bir hafta muqaddam ro‘y bergan mudhish zilzilalardan jiddiy zarar ko‘rgan shaharlardan biri bo‘lib turibdi. Vayron bo‘lgan binolar, vayronalar ostida qurbon bo‘lganlar ham bor.
Mahalliy aholi chodirlarda yashab, ko‘chada olov yoqib isinmoqda. Ularga volontyorlar tarafidan issiq ovqat, boshqa oziq-ovqatlar, kiyim kechak va yoping‘ichlar tarqatilmoqda.
Qayd etib o‘tish kerak, Turkiyadagi halokat zonasida aftershok deb ataluvchi takroriy zilzilalar tez-tez ro‘y berib turibdi. Magnitudasi 4 balldan ziyod bo‘lgan zilzilalar kuniga 12-14 martagacha qaytalanmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sezilarli zilzila Islohiyada kecha tunda ham ro‘y bergan.
Kun.uz muxbiri ertaga zilzila o‘choqlaridan biri bo‘lgan Qahramonmarash shahridan reportajlar uyushtiradi.
Mavzuga oid
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
02:08 / 12.01.2026
Oilada kamida uch nafar farzand bo‘lishi kerak – Erdo‘g‘an
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
20:24 / 05.01.2026