Oliy Majlis Senati raisligiga ayol kişining saylanişi mamlakatda gender tengligini ta'minlaş yölidagi muhim siyosiy qadam böldi, – deb hisoblaydi Inson huquqlari böyiça milliy markaz direktorining birinçi örinbosari Mirzatilla Tillaboyev. U bu haqda Markaz hamda BMTning Özbekistondagi bir qator idoralari bilan hamkorlikda taşkil etilgan «Barqaror rivojlaniş maqsadlari yölida indikatorlarni joriy etiş» mavzusidagi konferensiyada töxtalib ötdi.

«Birlaşgan Millatlar Taşkilotining barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişda Özbekiston ham faol harakat olib bormoqda. Xususan, bu maqsadlarning 16tasini milliylaştiriş va amalga oşiriş böyiça harakatlar rejasi işlab çiqilib, amaliyotga tatbiq etilyapti, bir qator natijalarga ham erişildi. Xususan, onalar va bolalar ölimi körsatkiçi kamaydi, gender tengligini ta'minlaş masalasi dolzarb bölib turibdi. Senat raisligiga ayol kişining saylanişi orqali Özbekiston palata rahbari ayol kişi bölgan sanoqli — 56ta davlat safiga kirdi» , — deya ta'kidlaydi Tillaboyev.

Eslatib ötamiz, Senatning 20-yalpi majlisida Xotin-qizlar qömitasining sobiq raisi Tanzila Norboyeva Oliy Majlis Senati raisi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur tadbir barqaror rivojlaniş yölida milliy indikatorlarni belgilaş hamda inson huquqlari böyiça davlat organlarining hisobdorligi oşiriş maqsadida taşkil etilmoqda. Ta'kidlanişiça, hali dunyoda barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişiş böyiça sinalgan aniq tajriba mavjud emas. Şuningdek, barqaror rivojlaniş maqsadlarining 92 foizi bevosita inson huquqlari ustuvorligi bilan boğliq.
«Özbekistonda amal qilayotgan harakatlar strategiyasi har tomonlama barqaror rivojlaniş maqsadlariga muvofiq keladi. Unda sifatli ta'lim, inson huquqlari himoyasi, gender tengligi, davlat organlari faoliyatining şaffofligi, korrupsiyaga qarşi kuraş, mehnat islohoti masalalari qamrab olingan» , — deya bayon qildi BMTning Özbekistondagi vakili Helena Freyzer.
BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy bölimi boşliği Rişard Komendaga köra, barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişda Özbekistonda yetarliça imkoniyat mavjud.














