Kundan kunga Özbekistonda ham onlayn tölovlar ommaviylaşib boryapti. Bu ham qulay, ham vaqtni tejaydi. Şu maqsadda karta egalari kiçik summadan tortib kattaroq miqdordagi pul ötkazmalari uçun turli xil mobil ilovalardan keng foydalanadi. Bir qator banklar va ayrim tölov taşkilotlari öz mobil ilovalari orqali mijozlarga kartadan kartaga bepul pul ötkazmalari xizmatini taqdim etyapti. Kun.uz bunday imkoniyat qaysi ilovalarda borligini örgandi.

Yuqoridagi ilovalardan foydalanib bir oy içida 45,5 mln sömgaça bölgan mablağni bepul ötkazişingiz mumkin.
Yana bir jihat: Humödan Humöga pul ötkazmalari uçun aksariyat ilovalarda komissiya olinmaydi (ötkazmalar miqdori böyiça limitlar bölişi mumkin). Qator banklar özi çiqargan kartalar örtasidagi ötkazmalar uçun ham qöşimça pul olmaydi.
Bundan taşqari, TBC Bank’ning Salom kartasi* (Humo) taqdim etadigan imkoniyatni alohida qayd etiş mumkin. Bu kartalar egalari bankning ilovasi orqali kartani foizsiz töldirişi va undan Uzcard/Humo kartalariga foizsiz ötkazmalarni amalga oşiriş imkoniyatiga ega.
Uzum Bank ham Uzum kartasi orqali 100 mln sömgaça komissiyasiz pul ötkazişni taklif etadi.
* Diskleymer: Salom kartasi balansidagi qoldiq mablağ uçun avtomatik tarzda, muayyan foiz stavkasida kunlik daromad hisoblab boriladi. Bu şakldagi daromad aholining muayyan qatlami uçun nozik masala bölişi mumkin.









