Töqqiz qismdan iborat mini serial hozir 100 dan oşiq davlatda xitga aylangan. Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinyapti, butun dunyo kino haqida gapirmoqda.

Squid game’ni tomoşa qilgan zakiy tomoşabin uni şunçaki kino emas, balki Janubiy Koreyada kuçayib borayotgan ijtimoiy notenglik, uy xöjaliklari qarzlarining oşib borişi, past daromadli kişilarning oğir ahvoli aks etgan drama ekanini tezda payqab oladi.

Bu borada koreys jamiyatini qiynayotgan önlab muammolarni qiziqarli bir filmga jamlay olgani rejissyor Xvan Don Xyokning katta muvaffaqiyati deyiş mumkin.

Filmning e'lon qilingan sönggi qismini körib tugatarkanman (aytişlariça, kino hali yakunlangani yöq), özbek jamiyati haqida öylayman. Xöş, agar özbekistonlik rejissyorlarga ham yetarli mablağ va erkin ijod imkoniyati yaratilib, deylik «Kalamuşlar öyini» nomli film oliş topşirilsa, ular jamiyatimizdagi qaysi muammoni kötarib çiqqan bölardi? Ya'ni bugun özbek rejissyorlarini jamiyatimizdagi qaysi muammolar köproq öylantiradi, qiynaydi? Ayni şu savol bilan rejissyorlarga yuzlanaman.

Zulfiqor Musoqov
Maşhur kinolari: «Abdullajon», «Kiçkina tabib», «Osmondagi bolalar», «Vatan».

CCO7bWJwlfUTDTb596bpKhmNLtcfgNGi.jpg (800×484)

— Jamiyatda muammolar juda köp, bu borada özbek jamiyati öziga xos degradatsiya holatida deyiş ham mumkin. Söradingiz, aytaman. Meni köp qiynaydi, odamlarning xususiy mulki savol-söroqsiz buzib taşlanaverişi, olib qöyilaverişi? Meni köp qiynaydi, ayrim hokimlarning xalqqa qilayotgan zöravonliklari çegara bilmasligi? Meni köp qiynaydi, ayrim amaldorlar nega bunçalik noprofessional? Meni köp qiynaydi, nega umid bilan qandaydir muammo haqida gapirgan, yuqoriga arz qilgan odamlar qayerdandir topilgan, yopiştirilgan ayb bilan qamalib qolaveradi?

Oçiği, men yoşimni yaşab bölgan odamman. Ijodni töxtatib, tinç yaşaşim ham mumkin, lekin xalqning muammolarini sezib, körib turib, qanday tinç yaşaşim mumkin? Axir, vijdoni bor odam nohaqlikni körib, jim turolmaydi-ku.

Öylaşimça, prezidentning köplab ezgu işlarini joylardagi ayrim amaldorlar yo tuşunmayapti, yoki tuşunib turib, xato bajaryapti. Kinolarimda şularni aks ettirişga intilaman.

Şu örinda yana bir muammo haqida gapirib olsam. Odamlar mendan «Osmondagi bolalar 3»ni qaçon olasiz, deya köp söraydi. Olaman, menda hatto ssenariy ham tayyor. «Osmondagi bolalar 3» (film nomi «Yerdagi otalar») nomli filmda avvalgi qahramonlarning farzandlari hayoti haqida hikoya qilinadi. Men bu ssenariyni «Özbekkino» milliy agentligiga berganimga 1 yil böldi. Ammo mas'ullar har xil bahonalar bilan filmimga mablağ ajratişni paysalga solib kelyapti, hatto muhokamaga ham ötkazişmayapti. Aslida şu kinoyimda ham köp muammolar haqida söz boradi.