O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi e’lon qilindi.
“Qadrli vatandoshlar! Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi”, – deyiladi tabrik avvalida.
Shavkat Mirziyoyev shu yil 30 aprelda tarixda birinchi marta umumxalq referendumi asosida Konstitutsiya yangi tahrirda qabul qilinganini qayd etgan.
“Hech shubhasiz, tom ma’noda xalqchil qomus bo‘lgan Asosiy qonunimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarimiz ortga qaytmasligining mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning besh ustuni, ya’ni suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yildi, uning mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitildi”, – deya qayd etgan prezident.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, qisqa muddatda 30 dan ziyod qonun va qonunosti hujjatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilgan.
“Keng ko‘lamli va tizimli islohotlarimiz natijalari xalqaro maydonda ham keng e’tirof etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Korrupsiyaga murosasiz munosabat bo‘yicha xalqaro indeksda 32 pog‘onaga, Matbuot erkinligi indeksida 28 pog‘onaga, Huquq ustuvorligi indeksida 13 pog‘onaga ko‘tarildi”, – degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident oldinda turgan eng muhim ustuvor vazifalarni sanab o‘tgan.
“Birinchidan, Konstitutsiyamizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir, deyilgan. Ana shu qoidadan kelib chiqib, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan islohotlarimiz izchil davom ettiriladi.
Ikkinchidan,










