5 iyun kuni, soat 9:00da Özbekistondagi tatar millatiga mansub kişilarning har yili ötkazilişi an'anaga aylangan "Sabantuy" bayrami boşlandi. Bayramda tatar xalqining turli milliy öyinlari, musobaqalari va qiziqarli sahna körinişlaridan iborat konsert dasturi uyuştirildi.

Sport öyinlaridan arqon tortiş, kuraş, stol tennisi, yostiq jangi, qöçqor uriştiriş, suv taşiş kabi bir neça qiziqarli öyinlar ötkazilib, bu öyinlarga bevosita tomoşabinlar ham jalb etildi.

Tatar milliy estradasi xonandalari tomonidan kuylangan şöx va raqsbop qöşiqlar barçani raqsga çorladi.

Bayram munosabati bilan xiyobonda qöl mehnati bilan yaratilgan ajoyib buyumlar körgazmasi bölib ötdi.

Uşbu buyumlarda tatar millati an'analari, ramzlari aks etgan.

Bayram soat 16:00gaça davom etdi.

Bayram tarixi haqida qisqaça ma'lumot: "Sabantöy" tatar xalqining yoz mavsumida bölib ötadigan bayramlardan biri hisoblanib, ilgari uşbu bayram ekin mavsumidan söng nişonlangan.

"Sabantöy"da tatar xalqi ma'lum maydonda töplanib, dramatik tomoşa va öyin-kulgilar uyuştirilgan. Uşbu bayram ma'lum hududning köplab qismlarida, şaharlar, tumanlar böylab ötkazilgan. "Sabantöy"da turli mazali pişiriqlar pişirilgan. Bayram uçun maxsus liboslar tikilgan. Maydonda bayramona yurişlar taşkil etilib, barçaga kötarinki kayfiyat ulaşilgan.

Quyidagi lavha qisqaça bayram jarayonidan olindi.