Rossiyaning yuqori martabali mulozimi Moskva Ukrainadagi tinçlik jarayoni doirasida muhokama qilinayotgan Yevropaning yangi xavfsizlik arxitekturasi doirasida NATO davlatlari bilan hujum qilmaslik töğrisida pakt tuzişi mumkinligini bildirdi. Uning sözlarini Reuters agentligi keltirdi.
Naşr Rossiya TIV diplomati Aleksey Drobininning sözlaridan iqtibos keltirgan. Unga köra, Abu-Dabidagi uçraşuvda mazkur masalani hal etişning bir neça varianti körib çiqilgan. Birinçisi - kollektiv mudofaa ittifoqi yoki Rossiya Belarus hamda KXDR bilan tuzgan özaro yordam töğrisidagi ikki tomonlama bitimlar kabi kelişuvlar.
Rossiya tomonidan taklif etilgan ikkinçi imkoniyat - tajovuz sodir bölgan taqdirda bir-birining raqiblariga yordam körsatmaslik haqidagi siyosiy kelişuvlar bölib, bunga Moskva va Tehron örtasidagi pakt misol böla oladi. Uçinçi variant esa, mulozimning sözlariga köra, özaro hujum qilmaslik töğrisidagi ikki tomonlama paktdir.
«Masalan, bunday turdagi kelişuvlarni, xususan, NATOga aʼzo ayrim davlatlar bilan tuziş mumkin, şunda ular keyinçalik Rossiyadan qöşimça individual xavfsizlik kafolatlariga ega bölar edi», – dedi Drobinin.
Şu bilan birga, Rossiya muzokaralar guruhi rahbari Vladimir Medinskiy Yevropaning yangi xavfsizlik tizimi ğoyasi Abu-Dabidagi ikki kunlik muzokaralarning asosiy mavzularidan biri bölganini taʼkidladi. Biroq Medinskiy uşbu ğoyalar doirasida aynan nimalar muhokama qilingani haqida batafsil töxtalmadi.
Naşrning qayd etişiça, yevropalik siyosatçilarning bir qismi Ukrainadagi uruş yakuniga yetmaguniga qadar Yevropaning umumiy xavfsizlik arxitekturasi yuzasidan har qanday muzokaraga qarşi çiqmoqda. Vaşington esa jangovar harakatlarni töxtatiş böyiça muzokaralar doirasida bunday masalalarni muhokama qilişga tayyorligini oçiqçasiga bildirgan.
Şu bilan birga, muzokaralar iştirokçilarining fikrlariga qaraganda, uşbu uçraşuvda hududiy masalalar böyiça murosaga erişilmagan. Xususan, Ukraina Prezidenti devoni rahbari Kirill Budanov jurnalistlarning Rossiya Kievdan Donbassni topşirişni talab qilişda davom etyaptimi-yöqmi, degan savollariga javob berişdan boş tortdi. Rossiya muzokaralar guruhi rahbari Vladimir Medinskiy esa Rossiya öziga kerakli hududlarni baribir har qanday yöl bilan qölga kiritişini yana bir bor taʼkidladi.










