Energetika vaziri matbuot kotibining qayd etişiça, sönggi 5 yilda Özbekistonda elektr energiyasiga ortib borayotgan talabni qoplaş, aholi, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlaş maqsadida davlat-xususiy şeriklik tamoyillari asosida yangi issiqlik elektr stansiyalarini quriş böyiça xorijiy kompaniyalar bilan jami 12 ta bitim imzolandi.
Uşbu bitimlarga asosan, 2027 yil yakuniga qadar Özbekistonda umumiy quvvati 7 057 MVtga teng bölgan 12 ta zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari işga tuşiriladi.
Mazkur investitsiya loyihalari xalqaro tajribaga ega Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Yaponiya, Qatar va Turkiya davlatlarining kompaniyalari tomonidan umumiy qiymati 4 mlrd 860 million AQŞ dollariga teng bölgan töğridan töğri xorijiy investitsiya mablağlari hisobiga amalga oşirilmoqda.
Olib borilgan işlar natijasida 2022 yilda Buxoro, Toşkent, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 374 MVt bölgan 6 ta, 2023—2024 yillarda Sirdaryo viloyatining Şirin şahri va Boyovut tumani hududlarida quvvati 1 500 MVt bölgan bitta issiqlik elektr stansiyasi, jami 2 874 MVt yangi quvvatlar işga tuşirildi.
Xorijiy kompaniyalar bilan imzolangan bitimlarga asosan, 2027 yilga qadar umumiy quvvati 4 183 MVt bölgan yana 5 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi işga tuşirilişi rejalaştirilgan.
Xususan:
- 2024 yilda Qaşqadaryo viloyati Nişon tumanida quvvati 400 MVt;
- Toşkent şahridagi 4-issiqlik markazida quvvati 100 MVt;
- 2025—2026 yillar mobaynida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1 573 MVt;
- 2027 yilda Surxondaryo viloyati Angor tumanida quvvati 1 560 MVt va Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida quvvati 550 MVt bölgan yangi issiqlik elektr stansiyalari işga tuşiriladi.











