FIFA prezidenti Janni Infantinoning ta’kidlaşiça, taşkilot barça fikr-mulohazalarni örganib çiqqanidan söng uşbu taşabbus futbol jamoatçiligi orasida kelişmovçiliklarni kuçaytirgani ma’lum bölgan.

«Barça nuqtai nazarlarni diqqat bilan tingladik. Loyiha turli qarama-qarşiliklarga sabab böldi va bu endi uning dastlabki maqsadiga mos kelmaydi. Bizning asosiy vazifamiz har doim futbolni birlaştiriş va rivojlantiriş bölib qoladi», - dedi Infantino.

Uning sözlariga köra, FIFA uşbu taklif ustida işlaşni töxtatadi. Yaqin vaqt içida barça manfaatdor tomonlar iştirokida uçraşuv ötkazilib, futbolni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilinadi.

Avvalroq Janni Infantino jahon çempionatlari va boşqa musobaqalarning ayrim tijorat huquqlarini xususiy investorlarga taklif etiş rejasini ilgari surgan edi. OAV ma’lumotlariga köra, ehtimoliy investorlar orasida AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi Jared Kuşnerning qarindoşlari bilan boğliq tuzilmalar ham tilga olingan.

Infantino uşbu taşabbus milliy futbol assotsiatsiyalarining daromadlarini tört baravargaça oşirişini ta’kidlagan va ularga qaror qabul qiliş uçun 19 sentyabrgaça muhlat bergan edi.

Biroq 30 iyul kuni UYeFAga a’zo barça 55 milliy futbol assotsiatsiyasi mazkur reja amalga oşirilsa, FIFA musobaqalarini boykot qilişga tayyorligini bildirdi.

UYeFA bayonotida «Kelajak avlodlar uçun işonçli boşqaruvga topşirilgan boylikni sotişga heç kimning ma’naviy haqqi yöq», deya ta’kidlangan.

Yevropa tomonining tanqidiga Şimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) ham qöşildi. Şu tariqa, FIFAga nisbatan bosim kuçaygaç, taşkilot bahsli rejasini amalga oşirişdan voz keçdi.