Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi yolğiz keksa ayol qarovsiz qoldirilgani haqida videolavha tarqaldi. Boş prokuratura hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha qulflanib qolgan eşiklarni oçiş xizmati bilan şuğullanuvçi yigit tomonidan olingan. Unga Mirzo Uluğbek tumanidagi köp qavatli uylardan birida yolğiz yaşovçi keksa ayolning uyi eşigi qulflanib qolgani haqida xabar berişgan.
Yigit manzilga borib, eşikni oçgan. Şunda xonadonda yaşovçi keksa ayol uning ustidan qulflab ketişganini, bir neça kundan beri ovqatlanmaganini aytgan. Videolavhada ayolning uyi boşqa şaxslar nomiga ötkazib olingani haqida ham gap borgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirib, holat zudlik bilan alohida nazoratga olinganini ma’lum qildi.
“Hozirda agentlikning hududiy mas’ullari hamda tegişli taşkilotlar iştirokida holat barça jihatlari bilan örganilmoqda. Keksa fuqaroning ijtimoiy holati, ehtiyojlari va unga zarur yordam körsatiş masalalari yuzasidan tegişli çoralar körilmoqda”, deyiladi munosabatda.
Boş prokuraturaga köra, holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Aniqlanişiça, 1940 yilda tuğilgan L.Juravlyova tumandagi xonadonda yolğiz istiqomat qilib kelgan. U soğliği bilan boğliq bir qator kasalliklar sababli dispanser hisobida turgan.
L.Juravlyovaga tegişli bölgan xonadon 2025 yil 25 sentyabr kuni notarial tartibda rasmiylaştirilgan oldi-sotdi şartnomasi asosida boşqa şaxs nomiga ötkazilgani aniqlangan.
Uy-joyni begonalaştiriş vaqtida ayol öz harakatlari ahamiyatini anglaş va ularni boşqariş qobiliyatiga oid holatlar hamda uning firibgarlik jinoyati qurboni bölgan bölişi mumkinligini tekşiriş zarurati mavjudligi inobatga olinib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda iş böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












