Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 martdagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlaştiriş guruhi jamğarmalari bilan şeriklikni yanada kengaytiriş va çuqurlaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan bölib, Özbekiston Respublikasi bank sektoriga islomiy moliyalaştiriş infratuzilmasini rivojlantiriş doirasida Xususiy Sektorni Rivojlantiriş böyiça Islom Korporatsiyasining maslahat yordamini jalb qiliş belgilangan.

Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 maydagi “Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlaştiriş guruhi jamğarmalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida ham Islom taraqqiyot banki guruhi va Arab muvofiqlaştiriş guruhi bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalariga urğu berilgan.

Mazkur qarorlar ijrosini ta’minlaş maqsadida 2019 yil 22 avgust kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy Sektorni Rivojlantiriş böyiça Islom Korporatsiyasi (ICD) örtasida “Maslahat yordami töğrisida”gi şartnoma imzolandi. Unga köra, bank tizimiga “Islom darçasi” xizmatlarini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu esa öz navbatida, hamkorlik va şariat şartlari asosida kiçik va örta biznesni moliyalaştirişga xizmat qiladi.

Bundan taşqari, bu borada xodimlarning bilim va könikmasini boyitiş kabi masalalarga ham ustuvor ahamiyat qaratildi. Şu jumladan, Bank xodimlarining bilim va malakasini oşiriş maqsadida ICD va Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvçi Islom ilmiy-tadqiqot va öquv instituti (IRTI) mutaxassislari iştirokida islomiy moliyalaştiriş xizmatlarini joriy etiş böyiça amaliy maşğulotlar ötkazildi. Mazkur öquv seminarlarini muvaffaqiyatli tamomlagan “Trastbank”ning 30 nafar xodimiga Islom taraqqiyot banki ta’lim muassasasining maxsus sertifikatlari topşirildi.

Yana bir jihat. Loyihani muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun ICD’ning tavsiyasiga binoan “Trastbank” XAB yetakçi islom bankining dasturiy ta’minot kompaniyalaridan biri Iordaniyaning ICS Financial Systems kompaniyasi bilan şartnoma tuzdi. Dasturiy ta’minotning imkoniyatlari va funksionalligini örganiş maqsadida ICSFS mutaxassislari bank xodimlari uçun uç oylik amaliy maşğulotlar ötkazdilar.

Albatta, bu kabi sa’y-harakatlar, özaro hamkorlik aloqalari özining ijobiy samarasini bermoqda. Xususan, yurtdoşlarimizga islom şariatlari asosida moliyaviy xizmatlarni körsatişga zamin yaratadi.