AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, uni YouTube qarorgohidagi otishmadan xabardor etishgan. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar yetakchisi tvitterdagi sahifasida yozdi.

«Hozirgina meni YouTube’ning Kaliforniya shtati San-Bruno shahridagi qarorgohida yuz bergan otishma haqida xabardor etishdi. Bizning o‘y-xayollarimiz ushbu hodisada ishtirok etganlar bilan. Bizning ajoyib huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va bu voqeaga bee'tibor bo‘lmagan barchaga rahmat», - deya yozdi Tramp.

Avvalroq politsiya YouTube qarorgohida ro‘y bergan otishma sabab qancha odam jabrlanganiga aniqlik kiritgani haqida xabarlar tarqalgandi.