Ontario - AQŞ va Kanada hududida joylaşgan beşta Buyuk kölning eng kiçigi. Tramp 27-avgust kuni Oq uyda uning nomini özgartiriş haqidagi farmonni imzolagan.

«Biz Ontario köli nomini darhol “Amerika köli” deb özgartiryapmiz», - dedi AQŞ prezidenti jurnalistlarga.

Tramp bu qarorini «Kanada rasmiylari AQŞ vakillariga juda yomon munosabatda bölgani» bilan izohlagan.

Kanada boş vaziri Mark Karni esa bunga keskin munosabat bildirdi. U Ontario nomi 400-yildan ortiq tarixga ega ekanini, bu nom Kanada Konfederatsiyasi taşkil etilişi va AQŞ Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinişidan ança oldin paydo bölganini taʼkidladi.

«Biz Amerika özgarayotganini bilamiz. Uning savdo aloqalari, taşqi siyosati, milliy yodgorliklari va hatto geografik suv obyektlarining nomlari ham özgarmoqda. Kanadaliklar esa narsalarni öz nomi bilan ataş kerakligini biladi - bu Ontario köli. Şunday bölgan, hozir ham şunday va doimo şunday bölib qoladi», - deb yozdi Karni X ijtimoiy tarmoğida.

Qaror savdo kelişmovçiligi ortidan qabul qilindi

Tramp Ontario kölini qayta nomlaş rejasini ilk bor 25-avgust kuni maʼlum qilgan edi. Bu AQŞ va Kanada örtasida yangi savdo bitimi böyiça muzokaralar natijasiz yakunlanganidan keyin sodir böldi.

Muzokaralar barbod bölgaç, AQŞ Kanadaning bir qator tovarlariga 50 foiz miqdorida bojxona bojlarini joriy qildi. Ular orasida mebel, sut mahsulotlari, sement, kiyim-keçak, baliq ovlaş anjomlari va hokkey jihozlari bor.

Şundan söng Mark Karni ham AQŞning bir qator mahsulotlariga 50 foizgaça javob tariflari joriy etilişini eʼlon qildi. OAV maʼlumotlariga köra, çeklovlar sut sanoati, metallurgiya, maişiy texnika, sellyuloza-qoğoz sanoati va elektronika kabi sohalarni qamrab oladi. Yangi tariflar 8-sentabrdan kuçga kirişi kutilmoqda.

Tomonlar savdo bitimi imzolanmay qolgani uçun bir-birini ayblamoqda. Karnining aytişiça, AQŞ muzokaralarning «sönggi daqiqasida» kelişuv şartlariga özgartişlar taklif qilgan va ular «adolatsiz, bozor tamoyillariga zid» bölgan.

AQŞ savdo vakili Jeymison Grir esa Ottava avvalroq kelişilgan şartlar asosida savdo bitimini yakuniylaştirişdan boş tortganini aytgan.