Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘ston tumanidagi tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ushbu holatga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga intizomiy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi tadbirda yupun kiyimdagi o‘quvchilar qatnashgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bo‘ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bunga munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, videoda aks etgan holat 7 dekabr kuni Bo‘ston tumani «Mehnatobod» mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli yangi ko‘cha ochilish marosimidagi tadbirdan olingan. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimligi madaniy tadbir dasturidan bexabar bo‘lgani sababli ushbu dasturga bolalar raqsi kiritilgan.
«Ushbu vaziyatda bolalar tashqarida 5 daqiqa bo‘lganiga qaramay ularning salomatligi hamda xavfsizligini inobatga olib, mazkur salbiy holatga yo‘l qo‘ygan tegishli mutasaddilar aniqlanib, intizomiy chora ko‘rilishi rejalashtirilmoqda», deyiladi munosabatda.
Shuningdek, maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ta’limdan tashqari turli tadbirlarga jalb etilmasligi eslatib o‘tilgan.
«Xulosa o‘rnida maktab o‘quvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ta’limdan tashqari turli tadbirlarga jalb etilmasligini, ob-havo harorati keskin o‘zgargan vaqtlarda ularning salomatliklariga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar mavjud ekanidan kelib chiqqan holda kelajak avlodimizga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlari zarur ekanini ta’kidlab qolamiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:43 / 22.04.2026
Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi
11:44 / 06.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
09:20 / 03.03.2026