Bir neça kunlardan keyin Özbekistondagi Oliy ta'lim muassasalariga kiriş imtihonlari boşlanadi. Xöş, bu yilgi test imtihonlari şaffofligi qay darajada, qanday işlar amalga oşirildi, şuningdek, abituriyentlar uçun qulaylik va yangi imkoniyatlar nimalarda aks etadi?

Kun.uz’ning navbatdagi suhbatdoşi Davlat test markazi rahbari Majid Karimov şu va boşqa savollarga batafsil javob qaytardi.

- Joriy yilgi imtihonlar avvalgilariga qaraganda nimasi bilan farqlanadi? Abituriyentlar uçun yangiliklar nimalardan iborat?

- Eng katta yangilik 2019-2020 yilgi öquv yili uçun Oliy öquv yurtlariga kiriş uçun hujjat topşiriş jarayonida kuzatildi. Çunki abituriyentlar bu yil hujjat topşirişmadi, şunçaki röyxatdan ötişdi.

Albatta, bu jarayonda ayrim kamçiliklar közga taşlandi. Biroq, ta'kidlaş lozimki, uşbu yangilik ortidan bu yil bir milliondan ortiq abituriyent röyxatdan ötdi. Bundan taşqari, ularga Özbekistonning istalgan hududidan, özlari xohlagan oliygohga hujjat topşiriş imkoniyati taqdim etildi.

Ikkinçi yangilik, abituriyentlar imtihonlarni iyul-avgust oylarida topşirişi belgilangan edi. Şu sababli, bu yilgi test imtihonlari 29 iyuldan boşlanadi. Eslatib ötiş joizki, 20 iyuldan boşlab esa ruxsatnomalarni tarqatiş jarayoni davom etmoqda. Bu jarayonning Davlat test markazi rasmiy sayti orqali ham amalga oşirilayotgani abituriyentlarga yana bir qulaylik böldi, jumladan, hozirga qadar tört yuz mingdan ziyod abituriyent öz ruxsatnomalarini elektron tarzda olişdi.

Uşbu ruxsatnomalar abituriyentga uçta ta'lim muassasasiga hujjat topşiriş imkonini beradi. Bu degani, yuqori ball töplagan abituriyent, albatta, özi hujjat topşirgan uçta oliygohdan qaysidir biriga kiradi.

Bevosita test jarayonlariga keladigan bölsak, joriy yil ham imtihon jarayonlarini şaffof tarzda taşkil qilişga bölgan harakatlar yanada kuçaytiriladi.

Abituriyentlar sonining ösişi inobatga olinib, ötgan yilgiga nisbatan 12 ta qöşimça, ya'ni jami bölib 69 ta imtihon ötadigan bino hozirlandi. Mazkur binolarning har biriga kuzatuv kameralari, konditsionerlar, örnatildi.