«Sardoba suv omborining öpirilişi natijasida yuz bergan toşqindan talofat körgan 17 gektar maydondagi 132 ta xonadonlarni ta'mirlaş Toşkent viloyati zimmasiga yuklatilgan. Hozirga qadar viloyatda uşbu vazifa 85 foizga bajarişga erişildi.
Qurbon hayiti munosabati bilan viloyat hokimining taşabbusiga köra suv toşqinidan katta zarar körgan, mutasaddi idoralar tomonidan moddiy kömakka muhtoj deb topilgan 128 ta xonadonga 1 boşdan qoramol topşirilişi belgilandi. Bu boşiga sinov tuşgan oqoltinliklar uçun öziga xos bayram tuhfasi böldi. Hozirgaça 70 ta xonadonga 1 boşdan qoramol topşirilgan bölsa, yana 58 xonadonga ajratilgan qoramollar erta-indin egalari yetkazilişi rejalaştirilgan», deya xabar bermoqda Toşkent viloyati hokimi matbuot kotibi Behzod Qobulov.
Uning qöşimça qilişiça, Sirdaryo viloyatining suv toşqinidan talafot körgan hududlarida uy-joylarni tiklaş işlari ayni yakunlaniş pallasida.
« Quriliş va ta'mirlaş işlarini jadallaştiriş maqsadida quriliş işlari 2 smenada taşkil etilgan. Viloyat «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi tomonidan ajratilgan zaruriy mablağlar bilan hozirda 17 ta quriliş-pudratçi taşkiloti quruvçilari tomonidan ayni paytda hududni içimlik va oqova suvlar bilan ta'minlaş, içki yöllarni qayta bunyod etiş işlari adoğiga yetkazilib, hozirda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş işlari olib borilmoqda.

2020 yil 31 iyul holatiga köra 128 ta xonadonning tom qismini profnastil qoplamasi qoplaş işlari yakunlandi, pol örnatiş işlari yakunlandi, xonadonlarning taşqi devorlari bazalt plitasi bilan, fasad qismi esa travertin qoplamasi bilan qoplandi. Ayni paytda 120 xonadonda içki pardozlaş işlari yakunlangan bölib, qolgan 8 tasida davom ettirilmoqda. Har bir xonadon içimlik suvi va tabiiy gazga ulanmoqda. Şuningdek, toşqindan zarar körgan yöllar töliq ta'mirlanmoqda.
Hozirgaça töliq quriliş-montaj işlari yakunlangan 118 ta xonadon egalariga yaşaş uçun topşirilgan. Qolgan uylar 5 avgust sanasida foydalanişga topşirilişi közda tutilgan», deydi Behzod Qobulov.



Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, 31 iyul kuni Toşkent viloyatining tasarrufiga berilgan hududda quriliş-tiklaş işlariga jalb etilgan quruvçi va işçilar, suv toşqini talafotlarini bartaraf etişda qatnaşgan harbiylar uçun bayram dasturxoni taşkil etilib, oş tarqatilgan.













