Google Play’dan 1hls dasturi yöqolib qoldi. Biroq App store’da dastur hamon bor.

Kurbanoff telegram kanali

Vaziyat böyiça oydinlik kiritiş maqsadida Kun.uz Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati boş mutaxassisi Otabek Eşmamatov bilan boğlandi.

«Bizdagi ma’lumotlarga köra, bir oyda 2 million qadamdan oşiq yurganlar ham aniqlandi. Bu bir kunda 70-80 ming qadam yoki 40-50 km masofa degani. Kuzatişlarimiz bir oyda 2 million qadam yurganlar asosan keçki soat 12-1 dan tonggi soat 4 gaça dam olayotgani, 21 soat davomida yurayotganini körsatdi. Bunday bölişi mumkin emasligini tuşunib, bizda ham şubhalar paydo böldi.

Ilk ğolibimizni aniqlaganimizda, Toşkent şahrida yaşovçi foydalanuvçi 700 ming qadam yurgan edi. Bu kuniga 25-30 ming qadam degani. Albatta, bir kunda bir odam 25-30 ming qadam yurişi mumkin, lekin kuniga 70-80 ming qadam, oyiga natija 2 milliondan oşib ketişi juda ham şubhali. Taxmin va xulosalarimizni dasturning xavfsiz işlaşiga mas’ul bölgan Uzcard’ga yozib yubordik. Google ham dastur işonçliligi borasida tekşiriş ötkazayotgan bölişi mumkin», – dedi u.

Uzcard mas’ulining ma’lum qilişiça, ötgan haftaning juma kuni (22 oktyabr, 2021 yil) ilova Google Store’dan çiqarib yuborilgan.

«Google review qilyapti, ya’ni Google’ning öz siyosati bor, bilişimizça, kompaniya ilovalarni tekşirib turadi. Hali ulardan xabar kelmadi. Bizning ilova davlat darajasidagi loyiha ekanligi va qaçon javob olişimiz mumkinligi borasida sörov jönatdik. Ular söragan ma’lumotlarni ham taqdim etdik.

Ilovaning özini tekşirişga ham berib yubordik. Hozirça kutib turibmiz. Xabaringiz bölsa, 1hls’ni avvalroq yuklab olgan foydalanuvçilarda dastur işlayapti. Hozir Google Play’dan qaytadan yuklab olmoqçi bölganlar yoki yangi foydalanuvçilargina uni yuklab ololmayapti. Ular [Google] bizga yozgan xatida pandemiya tufayli javob beriş muddati çözilişi mumkinligi ma’lum qilingan. Şu sababli ilova qaçon Google’ga qaytişi borasida aniq muddatni ayta olmaymiz», – dedi Kun.uz bilan suhbatda bölgan kompaniya mas’uli.

Sentabr oyida ham «Soğlom turmuş tarzi» platformasi böyiça foydalanuvçilarga tölovlar vaqtinça töxtatilgani ma’lum qilingandi. Şundan keyin Turizm va sport vazirligi platforma işlaşda davom etayotganini