
Samarqandning Past Darğom tumanida işlovçi profilaktika inspektori fuqaroning “Equinox” avtomobilini dabdala qilgani, lekin unga çora körilmayotgani haqida Kun.uz oktyabr oyi boşida xabar bergan edi.
Noyabr oyi boşida esa Samarqand viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği Rahmat Mamatov tanqidiy yiğiliş ötkazdi va unda 19 nafar profilaktika inspektori işdan olindi. Kun.uz'ga ma’lum bölişiça, öşa yiğilişga past darğomlik profilaktika inspektori Salohiddin Pardaqulov ham çaqirtirilgan.
Manbamizga köra, inspektor Pardaqulov boşqaga tegişli “Equinox”ni hujjatsiz boşqarib, YTH sodir etgani va zararni tölab bermayotgani uçun boşqarma boşliği tomonidan qattiq tanbeh olgan. Inspektorning otasi ham yiğilişda turğazib qöyilgan.
“Vijdoning bölsa, maşinalarning zararini tölab ber. Tizim şa’niga isnod keltirding. Jamoatçilikning haqli e’tirozlariga sabab bölding”, degan Mamatov.
Boşqarma boşliği profilaktika inspektorining xatti-harakati, içki işlar organlari xodimlarining odob-axloq qoidalarini buzgani sababli mas’ul örinbosarlariga qonuniy qaror qabul qiliş uçun topşiriq bergan.
Ammo, yiğilişdan ötganiga 10 kundan oşgan bölsa-da, zarar ham qoplab berilmagan, inspektorga çora ham körilmagan.
Eslatib ötamiz, Salohiddin Pardaqulov 2022 yilning 20 yanvar kuni özi işlayotgan mahalladagi fuqaroning maşinasini hujjatsiz boşqargan. U avtomobilda yöl harakati qoidalarini bir neça marta qöpol tarzda buzgan. Aynan YTH sodir etilişidan avvalgi holatlar ham videoregistratorga yozib olingan. Biroq sudda boşqa fuqaro aybdor deb topilgan va “Equinox”ga yetkazilgan 62,5 million söm zararni u tölaşi belgilangan.
Kun.uz manbasiga köra, IIB boşliği Mamatov ham asl vaziyat qanday bölganini inobatga olib, profilaktika inspektorini mard va vijdonli bölişga çaqirgan.







