Senator Erkin Gadoyev hozirga qadar xususiy bandlik agentliklari tomonidan yöl qöyilgan qonunbuzarlik holatlari böyiça ma'lumot berdi.

«Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soliş töğrisida» 2018 yilda qabul qilingan qonunning qöllanişi jarayonida agentliklar tomonidan suiiste'mollik hollari kuzatildi.

Xususan, hozirgaça 7123 nafar fuqaroga 72 mlrd sömdan ortiq moddiy zarar yetkazgani uçun xususiy bandlik agentligi rahbarlari bölgan 10 kişiga jinoyat işlari qözğatilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida 103ta xususiy bandlik agentligi röyxatdan ötgan bölib, şulardan 74tasi litsenziya olgan. Ulardan 21tasi faoliyatini taşkil qila olmay, litsenziyasini topşirgan. Qonunçilikni turli şaklda buzgani uçun 11tasining litsenziyasi bekor qilingan», dedi senator.

Ma'lum qilinişiça, qonunga quyidagi özgariş va qöşimçalar kiritiladi:

Işga joylaştiriş böyiça körsatilgan xizmatlar uçun tölovlar iş qidirayotgan şaxslardan emas, balki iş beruvçilardan undiriladi. Bunda tölov iş qidiruvçi iş bilan ta'minlangandan keyin amalga oşiriladi.

Iş bilan ta'minlaş böiça xizmatlar amalga oşirilmagan taqdirda agentlikning mansabdor şaxslari javobgarlikka tortiladi.

Xususiy bandlik agentligi fuqarolar bilan şartnoma tuzişda ham özining ma'lumotlarini, ham Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma'lumotnomalarini körsatişi şart böladi. Bu muammo yuzaga kelganda agentlik ustidan vazirlikka murojaat qiliş imkonini beradi.

Iş qidiruvçi va xususiy bandlik agentligi örtasida tuzilayotgan şartnomalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida onlayn vaqt rejimida körib boriladi.

Respublikadan taşqarida iş qidirayotgan fuqarolarni işga joylaştiriş kafolatlarini oşiriş maqsadida xususiy bandlik agentliklarining çet ellik iş beruvçi, şeriklar bilan hamkorlik töğrisida yozma şaklda şartnoma tuzişi majburiy böladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xususiy bandlik agentligining moliyaviy xöjalik işlariga aralaşmagan holda ularning faoliyatini tekşirib boriş vakolatiga ega böladi.

«Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.