“Iks odamlar: Qora Feniks” (Dark Phoenix) filmi röyxatning 1-örnini egallagan. Film butun dunyo böylab 252 mln dollar işlab topganiga qaramay, öz ijodkorlariga 133 mln dollar miqdorida zarar keltirgan.

2-örinni “Terminator: Qora taqdirlar”  (Terminator: Dark Fate) filmi egallagan. Film prokatidan keyin u öz yaratuvçilariga 122,6 mln dollar zarar keltirgan.

113,6 mln dollarlik zarar bilan 3-örinni “Muşuklar” (Cats) film-myuzikli egallagan.

Omadsiz filmlar röyxatining keyingi örinlarni “Gemini” (Gemini Man) filmi 111,1 mln dollarlik va “Yöqotilgan böğin” (Missing Link) multfilmi 101,3 mln dollarlik zarar bilan egallagan.

Röyxatni tuzişda barça xarajatlar – işlab çiqariş va reklama xarajatlari, aktyorlarga gonorarlar va boşqa omillar hisobga olingan.

Avvalroq portal 2019 yilning eng serdaromad filmlari reytingini e'lon qilgandi. Unga köra, röyxatda qolgan filmlardan ança farq bilan “Qasoskorlar: Final” (Avengers: Endgame) filmi yetakçilik qilib, u öz ijodkorlariga 890 mln dollar sof daromad keltirgan.