Navoiy viloyatining Tomdi tumanida yaşovçi kişi eçkisining “beboşligi” ortidan 2,6 mln sömga tuşdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi xabar bergan.
Ma’lum qilinişiça, Tomdi tumani Ekologiya bölimi davlat inspektorlari hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida reyd tadbirlari ötkazilgan. Jarayonda fuqaro S.T.ga tegişli bölgan bir boş eçki Şarq ovulida joylaşgan “Şarq boğdorçilik” şirkati hududida bir tup daraxt köçatiga ösişdan töxtamaydigan darajasida şikast yetkazgani aniqlangan. Daraxt köçati kuz mavsumida ötqazilgan bölgan.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan hamda 1 mln 650 ming söm jarima va 990 ming söm tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan.








