Sport | 12:10 / 01.11.2021
2700
2 daqiqa o‘qiladi

«Xorazm» klubi Pro-Liga mavsumini 5-o‘rinda yakunladi

Foto: KUN.UZ

Urganchning «Xorazm» klubi Pro-Liga 2021 yilgi mavsumida 5-o‘rinni egalladi. Moliyaviy imkoniyatlar va futbolchilar salohiyatidan kelib chiqilsa, bu natija kutilganidek bo‘ldi.

2021 yilgi Pro-Liga mavsumi 10 ta klub ishtirokida boshlandi. Biroq, Farg‘onaning «Istiqlol» va Toshkentning «Oqtepa» klublari moliyaviy muammolar tufayli musobaqadan chiqib ketishdi.

Superliga yo‘llanmasi uchun Farg‘onaning «Neftchi», Samarqandning «Dinamo», Toshkentning «Olimpik» va «Buxoro» klublari kurash olib borishi bashorat qilingan edi. Moliyaviy imkoniyatlar, moddiy-texnika bazasi va futbolchilar salohiyatida ushbu jamoalarning ustunligi sezilib turdi.

Aleksandr Yejov bosh murabbiyligida «Xorazm» klubi liga favoritlariga qarshi o‘yinlarda atigi 1 marta g‘alaba qozonib, 3 marta durang o‘ynadi, 4 marta mag‘lubiyatga uchradi. Oqibatda, Superliga yo‘llanmasi uchun kurashuvchi yuqori to‘rtlikka kira olmadi.

5-8-o‘rinlar uchun kurashuvchi jamoalar guruhida «Xorazm» klubi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi. «Yangiyer», «Sho‘rtan» va «Orol» klublariga qarshi bahslarda 6 ta g‘alaba va 4 durangni qo‘lga kiritib, 2 marta mag‘lubiyatga uchradi.

«Xorazm» klubining 2021 yilgi ko‘rsatkichlari:

20 ta o‘yin, 7 ta g‘alaba, 7 ta durang, 6 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati 32:29

«Xorazm» klubining 2021 yilgi to‘purarlari:

  • 7 (1 pen) – Ro‘zimboy Ahmedov (mavsum o‘rtasida «Dinamo» klubiga o‘tdi)
  • 7 (1 pen) – Temur Bekchanov
  • 3 – Shaxzod Beshimov
  • 3 – Jasur Otajonov
  • 3 – Bobur Farhodov
  • 2 – Sardor Matmuratov
  • 1 – Saidjamol Davlatjonov
  • 1 – Mirjalol Qurbonov
  • 1 – Hazrat Tursunqulov
  • 1 – Boburmirzo Bahodirov
  • 1 (pen) – Ravshan Sultonov

Mavzuga oid