Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyati Böstonliq tumanida qurilişi möljallangan xalqaro turizm markazi taqdimoti bilan tanişdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Sönggi yillarda Böstonliqda köplab yangi majmualar barpo etildi, Amirsoy, «Beldirsoy-Çimyon-Nanay» kurorti kabi loyihalar amalga oşirildi. Xususan, sönggi beş yilda 2 trillion sömdan ziyod investitsiya kiritilib, 13 mingdan ziyod öringa ega 59 ta yangi turizm inşooti işga tuşirildi.
«Bunday natijalar çet ellik investorlarni öziga tortmoqda, yanada katta miqyosdagi loyihalarga yöl oçmoqda. Jumladan, ozarboyjonlik işbilarmon Emin Agalarov bir qator yirik xorijiy kompaniyalar bilan şeriklikda Çorvoq suv ombori böyida Sea Breeze Uzbekistan xalqaro turizm markazi barpo etiş istagini bildirmoqda», — deyiladi xabarda.

Loyihaga köra, unda dam oliş, çömiliş va sport maskanlari, mehmonxonalar, kottejlar, turar joylar böladi. Xalqaro brendlarning dökonlari, restoran va xizmat şoxobçalari oçiladi. Turli festivallar, konsertlar va boşqa madaniy tadbirlar ötkaziladi. Ikki qirğoq örtasida köprik qurilib, keluvçilarga qulaylik oşiriladi. Kelajakda öziga xos turizm xabiga aylanib, unda yil davomida dam oliş va yaşaş mumkin böladi.
Davlat rahbari bu taklifni ma’qullab, uni xalqaro tajriba asosida loyihalaştiriş va bosqiçma-bosqiç quriş zarurligini ta’kidladi. Boş vazir boşçiligida komissiya tuzib, loyihaning huquqiy asosini yaratiş, infratuzilma masalalarini hal etiş böyiça körsatmalar berdi.












