Joriy yilning 29 noyabr kuni maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Koreyaning boşlanğiç ta'lim sohasidagi yetakçi ekspert va konsultantlarini qabul qildi.

Uçraşuvda KOICA rahbariyati bilan maktabgaça ta'lim tizimini rivojlantirişni davom ettiriş böyiça loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama etildi.

Muloqot davomida tomonlar Özbekistonda maktabgaça ta'limni rivojlantiriş, unga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etiş maqsadida innovatsion MTT hamda Koreya Respublikasining ilğor tajribasi asosida mutaxassislarni qayta tayyorlovçi innovatsion öquv markazi taşkil etiş haqida kelişib oldilar. Vazirlik tomonidan loyihaning konsepsiyasi va maqsadi yuzasidan koreyalik ekspert va konsultantlarning savollariga javob berildi. Koreya Respublikasi vakillari tomonidan mazkur loyihada hamkorlik qiluvçi maktabgaça ta'lim tizimidagi kuçli mutaxassis va professorlardan tarkib topgan işçi guruh taniştirildi.

Koreya Respublikasining ilğor tajribasi asosida taşkil etilayotgan Axborot va pedagogik texnologiyalar innovatsion markaz loyihasi “Bolalarni erta rivojlantiriş markazi” va 600 örinli Innovatsion maktabgaça ta'lim taşkilotini öz içiga oladi. Uşbu loyiha maktabgaça ta'lim xodimlarining malaka sifatini yaxşilaş, ixtisoslaştirilgan soha xodimlarining tajriba va malakasini oşiriş şuningdek, sezilarli darajada maktabgaça ta'lim qamrovini kengaytiriş imkonini beradi. Bundan taşqari, MTV innovatsion öqitiş uslubiyotlarini qöllaş va talabalarni qamrab oliş böyiça öziga xos muayyan rejalarni belgilaydi.

“Biz loyihaga tayyorgarlik köriş va amalga oşiriş uçun faol qadamlar taşlay boşladik. Loyiha uçun Toşkent şahridan 3ta joy belgilab olindi. Rejalaştirilgan Innovatsion maktabgaça ta'lim taşkilotining faoliyati nafaqat maktabgaça ta'lim, balki respublika miqyosidagi örta maxsus va oliy ta'lim sohalari uçun ham mos dasturulamal böladi”, deydi maktabgaça ta'lim vaziri Agrippina Şin.