Özbekiston Respublikasi prezidenti “Quriliş sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Quyidagilar:

a) Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Quriliş vazirligining:

Quriliş vazirligi faoliyatiga “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimini joriy etiş va uni 2020 yil 1 iyunga qadar Toşkent viloyatida markazlaştirilgan moliyalaştiriş manbalaridan, şu jumladan, investitsiya loyihalari hisobidan moliyalaştiriladigan obektlar qurilişi jarayonida tajriba tariqasida işga tuşiriş;

tajriba natijalariga asosan “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimini 2021 yil 1 yanvarga qadar Özbekiston Respublikasining butun hududida real vaqt rejimida işlaşini ta'minlaş;

b) Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligining 2020 yil 1 martga qadar davlat şaharsozlik kadastrini yuritiş hamda şaharsozlik hujjatlari va ma'lumotlarini jamoatçilikka onlayn rejimda taqdim etiş imkonini beruvçi “Özbekiston Respublikasi davlat şaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni işlab çiqiş va test rejimida işga tuşiriş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.

Quyidagilar “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • obektlarning manzilli dasturi, tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda işlab çiqilgan obektlarning yillik manzilli röyxati şakllantirilişini, ma'lumotlar bazasini yangi quriliş, rekonstruksiya va kapital ta'mirlaş obektlari böyiça turlarga bölib yuritilişini ta'minlaş;
  • obektlarning loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqişda hududiy yagona buyurtmaçi xizmati injiniring kompaniyalari tomonidan loyihaoldi işlarining amalga oşirilişi, buyurtmaçi bilan loyiha taşkiloti örtasida şartnoma tuzilişi va avans mablağlari ajratilişi hamda işlar tugallanganligi töğrisidagi aniq va işonçli ma'lumotlarning muntazam elektron bazaga kiritib borilişi va yuritilişini ta'minlaş;
  • loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan ötkazişda buyurtmaçi va ekspertiza taşkiloti örtasida tuzilgan şartnomalar, körsatilgan xizmatlarning moliyalaştirilganligi, tugallangan loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan ötkazilganligiga oid elektron ma'lumotlar bazasini şakllantiriş;