Hukumatning oçiq ma’lumotlar portali hamda Içki işlar vazirligining rasmiy veb-saytida 2023 yilning birinçi çoragi – yanvar-mart oylaridagi ma’muriy huquqbuzarliklarga doir statistik ma’lumotlar oçiqlandi.
Ma’lum qilinişiça, bu davrda 1 mln 422 ming nafarga yaqin fuqaroga nisbatan ma’muriy javobgarlik qöllangan.

Huquqbuzarlarning yarmidan köpi (762 ming) yöl-transport sohasidagi qoidabuzarliklar uçun javobgarlikka tortilgan. Keyingi eng köp huquqbuzarliklar boşqaruv tartibiga qarşi (201 mingdan ortiq), jamoat tartibiga qarşi (142 mingdan ortiq), savdo va tadbirkorlik sohasidagi (97 mingdan ortiq) hamda soğliqni saqlaş sohasidagi (84 mingdan ortiq) huquqbuzarliklar toifasiga kiradi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar hududlar kesimida eng köp poytaxt Toşkentda qayd etilgan: 3 oyda 190 mingdan ortiq. Uşbu muddatda Toşkent viloyatida 181 mingdan ortiq huquqbuzarlik qayd etilgan.
Bundan taşqari, mazkur davrda yana 5 ta hududda: Farğona, Samarqand, Qaşqadaryo, Andijon va Namangan viloyatlarining har birida 100 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik rasmiylaştirilgan.
Statistikaga köra, yöl-transport sohasidagi 500 mingdan ortiq qoidabuzarliklarning asosiy qismi MJtKning 7 ta moddasiga töğri kelmoqda.

Masalan, haydovçilar maşinasini piyodalar yölagidan yurgizişi, yöl belgilari va boşqa qoidalari rioya etmasligi natijasida 3 oy içida 290 mingdan ortiq ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Yana bir keng tarqalgan qoidabuzarlik transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş esa 150 ming martadan ortiqroq sodir etilgan.
Bundan taşqari, mazkur muddatda piyodalar va yöl harakati boşqa iştirokçilari tomonidan ham 30 mingdan ortiq qoidabuzarlik qayd etilgan.
Statistikada oçiqlangan yana bir turdagi ma’muriy huquqbuzarlik – pasport tizimi qoidalarini buziş böyiça 132 mingdan ortiq bayonnoma tuzilgan.

















