Özbekiston prezidentining 2023 yil 7 iyuldagi qaroriga asosan, 2023 yil 1 oktyabrdan boşlab eksklyuziv huquqlar berilgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarning reyestri joriy etilişi belgilangan edi.
Kun.uz Raqobat qömitasiga: “Bu reyestr joriy etildimi, agar joriy etilgan bölsa, jamoatçilik uçun oçiq tarzda qömita saytiga joylanadimi?” degan savol bilan murojaat qildi.
Qömita axborot xizmatining ma’lum qilişiça, reyestr 1 oktyabrdan işga tuşirilgan, lekin farmonda uni oçiqlaş közda tutilmagani sababli jamoatçilikka e’lon qilinmagan. Şu sababli bu borada alohida hujjat tayyorlanib, Prezident administratsiyasiga kiritilgan. Hujjatda röyxatni hamma uçun oçiq tarzda, qömita saytiga joylaştiriş közda tutilgan.
Avvalroq, Raqobat qömitasi tomonidan “Biz sizni eşitamiz” loyihasi joriy qilinişi va uning doirasida har çorakda tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazilib, raqobatga tösiq bölayotgan omillarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqiş tizimi yölga qöyilişi xabar qilingandi.








