«GSP+» — köpçiligimiz uçun tuşunarsiz bölgan bu abbreviatura eksportçilar uçun juda köp narsani anglatadi. 10 apreldan Özbekiston uçun Yevropa Ittifoqining maxsus imtiyozlar tizimi (GSP+) kuçga kirdi va bu Özbekistondan 6200dan ortiq tovarlarni Yevropa Ittifoqi davlatlariga bojsiz olib kiriş imkonini beradi. Bir qaraganda eksportçilarning «piçoği moy ustida» böladigandek, lekin hammasi bir qaragandagidek oson emas.

Biz özbek mahsulotlarining Yevropaga eksporti va GSP+ mavzusida Ğarbiy Yevropa davlatlariga Özbekistondan eksportni kuzatib boruvçi, Özbekistondagi zamonaviy işlab çiqarişni mahalliylaştiriş hamda xalqaro sanoat hamkorligini taşkillaştiruvçi Yevropadagi ilk kompaniya asosçisi Dmitriy Rodin bilan suhbatlaşdik.

— Dmitriy ilk savolimiz: Yevropaga eksport nima uçun kerak özi?

— Keling, bu savolni ikki qismga bölaylik: masalaga eksportçi va davlat pozitsiyasidan boqaylik.

Xususiy işlab çiqaruvçi uçun asosiy «zaruriyat»lardan uçtasini ajratib körsatib ötgan bölardim.

Birinçidan, Yevropa — bu juda katta bozor. YeI bozoriga tölaqonli çiqiş — işlab çiqarişni karrasiga köpaytiriş demak. Agar sifatli mahsulot işlab çiqarar ekansiz, bu bozordan uluş ajratişga intilmaslik ğalati bölar ham edi. Miqyoslarga e'tibor qiling: Yevropa Ittifoqi davlatlari har yili 180 mlrd yevrolik kiyim-keçak import qiladi, uy tekstili importi hajmi esa 150 mlrd dollar. Taqqoslaş uçun, rasmiy statistikaga köra, Rossiya kiyim-keçak va poyabzal importi uçun 10 mlrd dollar sarflaydi.

Ikkinçidan, raqobatbardoş özbek işlab çiqaruvçilari qoida tariqasida import uskunalardan foydalanişadi. Lizing tölovlari dollar yoki yevroda ifodalangan. Agar işlab çiqaruvçi özining tayyor mahsulotlarini boşqa valutada sotsa, öz gardaniga valuta bilan boğliq jiddiy xatarlarni ham oladi.

Nihoyat, bu biznesning juda töğri qurilgan modelidir: xarajatlar sömda, tuşum yevroda bölsa.

Davlat uçun Yevropaga eksportni köpaytiriş — bu eksport-import saldosi sifat darajasi yaxşilanişi, milliy va mahalliy budjetlarga soliq tölovlarining oşişini bildiradi. Bu holatda yangi iş örinlari yaratilişini ham e'tibordan qoçirmaslik kerak.

Men yana bir jihatga e'tibor qaratmoqçiman: yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişda har bir iş örni turdoş sohalarda yana 2-3tadan qöşimça iş örinlari yaratadi. Bu har qanday hudud va butun mamlakat uçun ham muhim ijtimoiy-iqtisodiy natija hisoblanadi. Mamlakat kelajagi uçun turdoşlik jihati — inson kapitalining ösişi: barça darajalar uçun yevropalik hamkasblar bilan işlaş tajribasiga ega mutaxassislar paydo bölişi yaqin yillarda iqtisodiy ösiş uçun asos böladi.