Taşqi işlar vazirligining ma'lum qilişiça, Azimjon Asqarovning rafiqasi, öğli va boşqa oila a'zolarining uning Özbekiston hududida dafn etilişi haqidagi murojaatiga binoan Qirğiziston tomoni bilan tegişli maslahatlaşuvlar ötkazilgan.

Özaro muzokaralar natijasida uşbu murojaatni körib çiqiş va ularning talablarini qanoatlantiriş yuzasidan kelişuvga erişilgan.

Eslatib ötamiz, Qirğizistondagi eng maşhur inson huquqlari himoyaçilaridan biri, 10 yildan buyon qamoqxonada bölgan Azimjon Asqarov şu yilning 25 iyulida qamoqxonada vafot etgandi.

U 2010 yil 16 iyunida Qirğiziston janubida, özbeklar istiqomat qiladigan hududda röy bergan fojiali voqealardan keyin qamoqqa olingandi. U iyun voqealari vaqtida ommaviy tartibsizliklar taşkil qiliş va mahalliy militsiya zobitini öldirişga şeriklik qilişda ayblanib, hibsga olingan. Öşa yilning sentyabrida sud Asqarovni butun umrga ozodlikdan mahrum qilgan, biroq u öz aybdorligini tan olmagandi. 

BMTning inson huquqlari böyiça qömitasi Asqarovga nisbatan kuç işlatilgani, zöravonlik qilingani, inson huquqlari himoyaçisiga nisbatan sud işi adolatsiz tarzda körib çiqilganini qayd etgan. 

Inson huquqlari himoyaçilari Asqarovga nisbatan jazo bu qadar oğir bölganini uning bevosita militsiya tomonidan fuqarolarga nisbatan qilingan zöravonliklar yuzasidan jurnalistik suriştiruvlar ötkazgani va ularni foş etgani bilan boğlagan.

Azimjon Asqarovning işi sababli Qirğizistonda konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş muhokama qilingan, bu orada rasmiy Bişkekning AQŞ bilan munosabatlari sovuqlaşgandi.

2016 yilda BMTning inson huquqlari böyiça qömitasi Qirğiziston hukumatidan Asqarovga nisbatan qöllangan jazoni bekor qiliş va uni garov evaziga ozod etişga çaqirgan, ammo uşbu masala oçiq qolgandi.