Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevning Yevropaga safari Azimjon Asqarovga çiqarilgan sud qarori fonida amalga oşirilmoqda. Bu haqda bugun prezident apparati rahbarining birinçi örinbosari Sapar Isoqov jurnalistlarga ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, Qirğiziston rahbari yevropalik hamkasblari bilan Asqarov masalasida tengma-teng muzokaralar ötkazadi.

«Bizning haqqoniy va töğri tuzilgan muloqotimiz yevropalik hamkasblarda Markaziy Osiyodagi Qirğiziston — demokratik tamoyillar asosidagi davlat ekani haqida taassurot qoldiradi», deydi Isoqov.

Uning qayd etişiça, konstitutsion islohot ham Qirğizistonning demokratik yöldan ketayotganiga işonç hosil qiladi.

Azimjon Asqarov 2010 yilning 16 iyunida Qirğiziston janubida, özbeklar istiqomat qiladigan hududda röy bergan fojiaviy voqealardan keyin qamoqqa olingandi. U iyun voqealari vaqtida ommaviy tartibsizliklar taşkil qiliş va mahalliy militsiya zobitini öldirişga şeriklik qilişda ayblangan.

Iyun voqealarida yuzlab kişilar halok bölgan, ön minglab odamlar uylarini taşlab çiqqandi. 

2010 yilning 15 sentyabrida Asqarov umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.

U 24 yanvar kuni törtinçi marta umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Asqarov esa bunga norozilik sifatida muddatsiz oçlik e'lon qildi.

Azimjon Asqarov öziga qöyilgan barça ayblovlarni inkor etib keladi.

Ötgan yilning aprelida BMT Inson huquqlari qömitasi Asqarov qiynoqqa solingani tufayli jinoyat işini qayta körib çiqişni talab qilgandi.

Azimjon Asqarovning işi sababli Qirğizistonda konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş muhokama qilingan, bu orada rasmiy Bişkekning AQŞ bilan munosabatlari sovuqlaşgandi.