Qirğizistonning Çuy viloyat sudi huquq himoyaçisi Azimjon Asqarovga nisbatan umrbod qamoq jazosini öz kuçida qoldirdi. U 2010 yil Qirğiziston janubida sodir bölgan etnik töqnaşuvlarda millatlararo zöravonliklarga undaş hamda militsiya xodimini öldirişga aloqadorlikda aybdor deb topilgan va umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga mahkum etilgan edi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Taniqli huquq himoyaçisi, asli özbek Asqarov 2011 yili Qirğiziston Oliy sudi tomonidan sud qilingandi. 2016 yil iyul oyida BMT inson huquqlari böyiça qömitasining xulosasiga köra, Asqarov "qiynoqlarga solingan va odil sud imkoniyatiga ega bölmagan". Şundan söng, Qirğiziston Oliy sudi öz qarorini bekor qilgan va uni qaytadan körib çiqiş uçun yuborgan edi.
Yangi sud qarori öqilganidan söng, Asqarov muddatsiz oçlik e'lon qilişini ma'lum qildi.












